Gentra bilan 2 yoşli bolani bosib ketgan ayolga sud hukmi öqildi

Gentra bilan 2 yoşli bolani bosib ketgan ayolga sud hukmi öqildi

Qayd etilişiça, mazkur iş jinoyat işlari böyiça Marğilon tuman sudida körib çiqilgan. Gentra haydovçisi bölgan 55 yoşli ayol sudda öşa paytda yoş bolaning ovozini eşitmaganini, hatto uni bosib ketganini bilmaganini aytgan.

“Bilganimda, darhol töxtagan bölar edim. Umuman bilganim yöq. Yiğlagan ekan, uni ham bilmadim. Kamera yozuvida kördim”, deydi u.

Sudda bolaning otasi ham körsatma bergan. Uning aytişiça, bola onasi bilan buvisinikiga borgan bölgan. Uşbu voqeadan söng bolaning ruhiyatida özgariş kuzatilgan. Uni bosib ketgan ayol esa voqeadan 3 oy ötgan bölsa ham, biror marta uning ahvoli bilan qiziqmagan.

“Köçadan uyga kirmayman, deydigan bola hozir uydan köçaga çiqqisi kelmayapti. Oradan 3 oy ötdi, biror marta hol-ahvol söramadi”, deydi bolaning otasi.

Şuningdek, otaning bildirişiça, bolasi oyoqqa turgan bölsada, hali töliq özini tiklab olmagan. Kelajakda ham şifokorlar körigida bölişi kerak.

Sud hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 117-moddasi (Xavf ostida qoldiriş) 1-qismi hamda 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 1-qismidagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sudlanuvçiga tayinlangan yengilroq jazoni oğirroği bilan qoplaş yöli bilan 2 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilib, uydan çiqişni butunlay çeklaşdan iborat 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Şuningdek, ayol bolaning otasiga 2 mln 350 ming söm moddiy va 25 mln söm miqdorda maʼnaviy zarar tölab berişi belgilangan.


×