Avstraliyada fuqarolik maqomi notöğri aniqlangani sababli bir erkak 945 kun davomida migratsiya markazida noqonuniy saqlandi. U qamoq jazosini ötab bölganidan keyin ham ozodlikka çiqarilmay, mamlakatdan deportatsiya qilinişiga urinişlar böldi. Bu haqda mamlakat ombudsmani hisobotiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Hujjatlarda Maks B. deb körsatilgan erkak 1989 yilda Avstraliyada Yangi Zelandiya fuqarolari oilasida tuğilgan. Ota-onasi uni çaqaloqligida qisqa muddatga çet elga olib çiqqan bölsa-da, 1992 yilda oila Avstraliyaga qaytgan. Mamlakat qonunçiligiga muvofiq, Maks 10 yoşida avtomatik ravişda Avstraliya fuqaroligini olgan.
Biroq 2018 yilda, u qamoq jazosini ötayotgan paytda, Içki işlar vazirligi uning fuqarolik maqomini tekşirib, bolaligida mamlakatdan vaqtinça çiqib ketganini notöğri talqin qilgan. Oqibatda u Avstraliya fuqarosi emas, degan xulosaga kelingan. 2019 yildagi ikkinçi tekşiruvda ham uşbu xato takrorlangan.
Maks B. 2010 yilda jinoyat sodir etgani uçun qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022 yilda jazo muddatini ötab bölgaç, uni ozod qiliş örniga migratsiya markaziga joylaştirişgan va deportatsiya qilişga harakat qilişgan.
U hibsda saqlangan vaqtda bir neça bor Avstraliya fuqarosi ekanini bildirgan. 2024 yilda advokati ham buni tasdiqlovçi dalillarni taqdim etgan, ammo uçinçi tekşiruvda ham avvalgi xulosa özgartirilmagan.
Faqat 2025 yil aprelida Yangi Zelandiya hukumati Maks B. uşbu mamlakat fuqarosi emasligini tasdiqlagan. Şundan söng, uni deportatsiya qiliş imkoni yöqligi aniqlanib, u qatʼiy şartlar asosida ozod etilgan. Keyingi, törtinçi tekşiruvda esa uning Avstraliya fuqarosi ekani tasdiqlangan.









