AQŞ prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining Amerikaning çeksiz qudratiga notöğri ravişda işonişi Ukraina taqdirini Rossiya qöliga topşirdi. Bu haqda Duglas Makgregor “The American Conservative” jurnalida çop etilgan maqolasida yozmoqda.
“Vaşingtondagi siyosatçilar agar bu Rossiyani yöq qiliş uçun bölsa, har qanday huquqbuzarlikni amalga oşirişga tayyor”, deyiladi naşrda.
Muallifga köra, Ukrainaning yöqotilgan hududlarini qaytarib oliş istiqbollari duşvor ekani hisobga olinsa, uning kelajagi endi Rossiyaning qölida.
“Vaşington uçun maʼnaviy jihatdan masʼuliyatli va amaliy javob bor: Kiyev qon tökilişini töxtatib, Moskva bilan maksimal darajada tinçlik örnatişi kerak. Afsuski, Qöşma Ştatlar uçun bunday yeçimni tasavvur qilib bölmaydi. Vaşington, uning NATOdagi ittifoqçilari va ukrainaliklar heç qanday strategik narsaga erişa olmaydi va Rossiya katta ehtimol bilan kuçayadi. Qöşma Ştatlar bundan puşaymon böladi”, deya xulosa qildi Makgregor.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qiliş böyiça harbiy maxsus operatsiya ötkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uçragan odamlarni himoya qiliş” deb atagan.
Rossiya prezidentining sözlariga köra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qiliş va Rossiyaning özi xavfsizligini kafolatlaydigan şart-şaroitlarni yaratişdir.









