Putinning ikki katta xatosi

Putinning ikki katta xatosi

NATO boş kotibi Yens Stoltenberg Financial Times gazetasida çop etilgan maqolasida Putinning xatolarini sanab ötdi.

«2022 yilda Ukrainada harbiy amaliyot boşlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin «ikkita katta strategik xato»ga yöl qöydi», — dedi Stoltenberg.

NATO boş kotibi ortda qolayotgan yilni sarhisob qilarkan, uning «Yevropa xavfsizligi uçun Ikkinçi jahon uruşidan buyon eng murakkab», «Ukraina xalqi uçun favqulodda oğriqli» hamda Putin uçun «Tuşkun omadsizliklar yili» bölganini taʼkidladi.

Birinçi xato

Stoltenbergning fikriça, Putinning birinçi strategik xatosi — «Ukrainaga töğri baho bermadi». «U (Putin) sanoqli kunlar içida Kiyevni egallab, hukumatini boşsiz qoldiraman deb öyladi», — uşbu jumlalarni yozgan NATO boş kotibi Ukrainadagi uruş boşlanganidan buyon 10 oy ötgani, Rossiya sönggi ön yilliklardagiga qaraganda «yanada kambağallaşib, ihotalanib qolgani»ni eslatib ötdi.

Ikkinçi xato

Putinning ikkinçi strategik xatosi — «NATO birdamligi»ni eʼtibordan qoçirdi. Alyans mamlakatlarini «bölib taşlab», ularni Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan mahrum qilmoqçi böldi, dedi Stoltenberg. «Garçi NATO uşbu nizo tomonlaridan biri bölmasa-da, Ukrainaning BMT nizomida mustahkamlangan özini mudofaa qiliş huquqini qöllab-quvvatlaşda va uning ozod va demokratik mamlakat bölib qolişida yordam körsatişda ittifoqçilar har qaçongidan-da birdam», — deyiladi maqolada.

«2014 yildan boşlab AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va NATOning boşqa mamlakatlari ön minglab ukrain askarlarini öqitib, bu mamlakat qurolli kuçlaridagi islohotni qöllab kelişmoqda. Şuning uçun ham fevralda ukrain qurolli kuçlari yaxşiroq boşqaruv, yaxşiroq bilim, yaxşiroq taʼminotga egaliklarini körsatişdi», — taʼkidladi alyans boş kotibi.

«Putin NATO bilan çegaralari kamroq bölişini istagandi. Bunining aksini körmoqda: NATO kuçayib, yiriklaşmoqda», — deb yozgan Stoltenberg tez orada Finlyandiya va Şvetsiya alyansga aʼzo bölişini eslatib ötdi. Ularning NATOga qöşilişini Ukrainada uruş boşlanişidan avval «tasavvur ham qiliş qiyin edi», dedi u.

Stoltenbergning fikriça, kuçlarni qayta taqsimlaş, qayta qurollaniş va yangi hujumga tayyorlaniş uçun, hozir Rossiya jangovar harakatlar zonasidagi vaziyatni «muzlatiş»ga umid qilyapti. «Putin çinakam tinçlikka intilayotganining «heç qanday alomatlarini körsatmayapti». Muzokaralar stolida yuz berayotgan narsalar jang maydonida yuz berayotganlari bilan bevosita boğliqligini unutmasligimiz kerak.

«Ukrainaning yengilişi uning halokatini anglatadi, butun dunyoni yanada xavfliga aylantiradi, NATO mamlakatlarini esa zaiflaştiradi», — deb yozgan boş kotib Ğarb mamlakatlarini Kiyevga bu qişda va yana qança vaqt talab etilsa, yordam berişda davom etişga çaqirdi.


×