FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter taşkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino örniga Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lize Klaveness nomzodini taklif qildi. Bu haqda Blatter özining X ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
“Klaveness eng yuksak hurmatga munosib inson. U doimo aniq pozitsiyani egallagan va köpçilikka ergaşmagan yagona şaxs böldi. FIFA’ga ayol kişi rahbarlik qiladigan vaqt keldi”, deb yozdi Blatter.
Lize Klaveness faoliyati davomida Norvegiya ayollar milliy terma jamoasi safida töp surgan. Agar u FIFA’ga prezident etib saylansa, taşkilot tarixida uşbu lavozimni egallagan ilk ayolga aylanadi.









