Dunyoning eng kelişgan erkagi aniqlandi

Dunyoning eng kelişgan erkagi aniqlandi

Turkiyalik 21 yoşli model Dilxan Divrikli Tailandda ötkazilgan Mister Global 2026 xalqaro gözallik tanlovida ğolib böldi. Bu haqda “Türkiye Today” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, tanlovning final bosqiçi joriy yilning 10 oktyabr kuni Bangkok yaqinidagi Nontxaburi şahrida bölib ötgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan bölgan iştirokçilar nufuzli unvon uçun bellaşgan.

Final oldidan tanlov qatnaşçilari qariyb 10 kun davomida maxsus oromgohda bölib, taqdimotlar, fotosessiyalar va turli sinovlarda qatnaşgan. Yakunda hakamlar hayʼati Dilxan Divriklini ğolib deb topgan. Nigeriyalik Betel Mbamara ikkinçi, filippinlik MJ Ordilyano esa uçinçi örinni egallagan.



Maʼlum qilinişiça, Divrikli Bryusselda yaşaydi, uning oilasi esa Turkiyaning Afyonkaraxisar viloyatidan. U tört tilni biladi va avval ham gözallik tanlovlarida qatnaşgan. Model bundan oldin Turkiyada ötkazilgan Top Model of Türkiye tanlovida ğolib bölgan.

Modellikdan taşqari, Divrikli kino sanʼatiga ham qiziqadi va kelajakda aktyorlik faoliyatini yölga qöyişni maqsad qilgan.

Maʼlumot uçun, Mister Global xalqaro erkaklar gözallik tanlovi 2014 yildan beri ötkazib kelinadi.


Teglar:
×