Huquqbuzarlik sodir etgan şaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvçi bilan yaraşsa, javobgarlikdan ozod etilişi mumkin. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisidagi Qonunda belgilandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yaraşilganlik munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qiliş instituti kiritildi.
Unga köra, Kodeksning bir qator moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxs, agar u öz aybiga iqror bölsa, jabrlanuvçi bilan yaraşsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilişi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiquvçi organ (mansabdor şaxs) taraflarning yaraşuvi munosabati bilan işni sudga yuboriş töğrisida qaror çiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qiliş haqidagi masalani hal etiş uçun iş materiallarini sudga yuboradi.
Jabrlanuvçi yoxud uning qonuniy vakili yaraşuv töğrisidagi arizani iş vakolatli organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan körib çiqilişi vaqtida, şuningdek sud muhokamasining istalgan bosqiçida, ammo sud qaror çiqarguniga qadar berişi mumkin.
Agar iş böyiça bir neça jabrlanuvçi bölsa, faqat barça jabrlanuvçilar bilan yaraşuvga erişilgan taqdirda, yaraşuv töğrisidagi işni yuritiş mumkin.
Yaraşuv töğrisidagi işlar böyiça sud muhokamasi iş sudga kelgan paytdan eʼtiboran 3 kundan keçiktirmay ötkaziladi.
Huquqbuzarlikni bir yil içida takroran sodir etgan şaxs tomonlarning yaraşuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.









