Uzoq umr köriş böyiça rekord örnatgan afğonistonlik 143 yoşli erkak keça, 4 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda “Sputnik” naşri xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 143 yoşli Mavlavi Muxammad Amin Totor Samangan viloyatining Ruyi Du Ab tumanida vafot etgan. U umri davomida 17 marta hukumat almaşişiga guvoh bölgan.
Mavlavi Muxammad Amin Totor Hindistonning Deoband şahridagi Islom universitetida tahsil olgan, tört marta uylangan. U 100 yoşida köriş qobiliyatini yöqotgan.
Bundan 2 oy oldin Badaxşonda 120 yoşli xalifa Merajuddin olamdan ötgan edi.









