"Barselona", "Borussiya Dortmund" va "MYU" kabi klublar özining eng yoş hisoblangan futbolçilarini ham katta moaş bilan taʼminlaydi. Ular yoş isteʼdodlarni özida saqlab qoliş uçun aynan şunday yöl tutadi. Quyida öspirin bölişiga qaramasdan, katta maoş oladigan oltita futbolçini bilib olasiz.
6. Yussufa Mukoko – haftasiga 49 200 funt
Mukoko hozirga qadar "Borussiya Dortmund" safida 72 ta öyin ötkazgan. Hujumçi Germaniya terma jamoasi uçun ikkita bahsda iştirok etgan edi. 18 yoşli futbolçi joriy şartnomasi böyiça haftasiga deyarli 50 ming funt moaş oladi. Köpçilik uni Xolandning davomçisi deb hisoblaydi.
5. Ayelxandro Garnaço – haftasiga 50 000 funt
Ötgan aprel oyida Garnaço yangi beş yillik şartnomaga imzo çekkan edi. Unga köra, argentinalik futbolçi har hafta 50 ming funt qabul qilib oladi. Vinger yaqin kelajakning eng yorqin yulduzlaridan biri bölişi taxmin qilingan. Garnaço haqida uning ustozi Erik ten Xag şunday deydi: "U özi qatnaşgan öyinlarga taʼsir ötkaza oladi. Futbolçining har qanday holatda xizmatga tayyor turişi hamma narsadan muhimdir. Aynan şuning uçun biz Garnaço kabi yoşlarga suyana boşladik".
4. Rayan Şerki – haftasiga 59 000 funt
"Lion" yulduzi Yevropaning köplab jamoalarida qiziqiş uyğotmoqda. Bu bejizga emas. Şerki 19 yoş böla turib, katta sahnalarda talantini namoyiş etdi. Bir kun kelib, yarim himoyaçi yetuklikka erişişi mumkin. Ungaça esa 59 ming funt maoş ham Şerkiga yetadi.
3. Matis Tel – haftasiga 65 600 funt
"Bavariya" Telni ötgan yozda "Renn"dan sotib olgan edi. Hujumçi xaridi myunxenliklarga 24 million funtga tuşdi. Undan taşqari Tel Germaniya çempionlari safida har hafta 65 600 funt oladigan böldi. 18 yoşli futbolçi ötgan mavsumda 399 daqiqa maydonda harakat qilib, 5 ta golga mualliflik qildi. Şu ketişda davom etsa, Telning kelajagini porloq deb hisoblaş mumkin.
2. Karni Çukvuemeka – haftasiga 100 000 funt
Ötgan yozning yana bir yoş, ammo qimmat xaridlaridan biri Çukvuemeka edi. "Çelsi" yarim himoyaçini "Aston Villa" safidan olib keladi. Uning tuzgan şartnomasida haftasiga 100 ming funt maoş belgilangan. Yangi mavsumda Poçettino yoş futbolçini ijaraga berib yuborsa kerak.
1. Gavi – haftasiga 111 500 funt
Şubhasiz, Gavini dunyoning eng isteʼdodli futbolçilaridan biri qatoriga qöşiş mumkin. Şuningdek, ispan yarim himoyaçisi Yevropa va jahonda öz tengqurlari içida eng köp maoş oladi. Xavi jamoasida Gavi muhim öringa egalik qiladi. Bu haqida mutaxassis şunday degandi: "Gavi töpga egalik qiliş va uni raqibdan olib qöyişda öta katta işni bajaradi. U raqobatbardoş va qörqmasdir. Yuqori pressingda Gavining foydasi katta. Bunday isteʼdodlar futbolda qadrlanadi".









