Noqonuniy GSM-şlyuz qurilmalaridan foydalanib, soxta koll-markaz taşkil etgan va fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni özlaştirgan jinoiy guruh foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, DXXning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari viloyat Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkazgan.
Tadbirlar davomida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi, 1989–2005 yillar oraliğida tuğilgan 5 nafar şaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijaraga olib, soxta koll-markaz taşkil etgani aniqlangan. Şuningdek, guruh bilan aloqador 1989 yilda tuğilgan fuqaro boşqa şaxsning xonadonini ijaraga olib, u yerga koll-markaz faoliyatida foydalaniş uçun GSM-şlyuz qurilmasini örnatgan.
Toşkent viloyatida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs rahbarlik qilgan guruh aʼzolari orasida nufuzli banklardan birining boş ofisida kiberxavfsizlik bölimida işlovçi xodim ham bölgan.
Guruh aʼzolari turli banklar nomidan fuqarolarga qönğiroq qilib, ularning nomiga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylaştirişga uriniş bölayotganini aytgan. Şu yöl bilan fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini qölga kiritib, bank kartalaridagi pullarni özlaştirgan va ularning nomiga onlayn kreditlar rasmiylaştirgan.
Şu tariqa jinoiy yöl bilan topilgan jami 8 million dollar soxta masʼuliyati çeklangan jamiyat orqali kriptovalyutaga aylantirilib, xorijiy davlatga çiqarilgan va legallaştirilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov jarayonida ularga aloqador bölgan 10 nafar şaxs aniqlangan.









