Fuqarolarni Yevropaga işga yuborişini vaʼda qilgan MÇJ rahbari uşlandi

Fuqarolarni Yevropaga işga yuborişini vaʼda qilgan MÇJ rahbari uşlandi

Toşkent şahrida fuqarolarni Yevropa davlatlariga işga yuborişini vaʼda qilgan MÇJ rahbari uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Çilonzor tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “Ch.g” MÇJ rahbari Ğ.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.R. va boşqalarning işonçiga kirib, ularga soxta sertifikat va diplom tayyorlab beriş orqali Yevropa davlatlariga işga yuborişini vaʼda qilgan. U “xizmati” evaziga B.R.dan 4 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv jarayonida, MÇJ rahbari Ğ.K. fuqaro U.T. va boşqalarni aldab, ularni çet elga işga yuborişi evaziga 25,8 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani, şuningdek, 5 nafar fuqaroning nomiga “H-W.” MÇJda turli kasblarga öqiganligi töğrisida soxta sertifikatlar tayyorlab qöygani aniqlangan. 

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda”, deyiladi xabarda.



Teglar:
×