Namanganda ikki şaxs fuqarolarga xonadonlariga tabiiy gaz tarmoğini tortib beriş va ruxsatnoma olib berişni vaʼda qilib, 2 100 AQŞ dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 25 avgust kuni Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Departamentning Pop tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida “Pop tumangaz” operatori N. R. va muqaddam sudlangan fuqaro P. Z. ikki fuqaroga yuqori lavozimlarda işlaydigan tanişlari orqali ularning xonadonlariga tabiiy gaz tarmoğini tortib beriş hamda ruxsatnoma olib berişni vaʼda qilgani aniqlangan.
Buning evaziga ular 2 100 AQŞ dollari talab qilgan hamda undan 200 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. Qolgan 1 900 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida esa aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgani maʼlum qilingan.
Şuningdek, tekşiruv davomida N. R. tomonidan olingan 200 AQŞ dollari qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









