Boks. Özbekiston terma jamoasi jahon çempionatiga tayyor

Boks. Özbekiston terma jamoasi jahon çempionatiga tayyor

Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida taşkil etilgan öquv-maşğulot yiğinlarini yakunladi. Uşbu yiğin doirasida çarm qölqop ustalari jismoniy va taktik maşğulotlardan taşqari sparring janglarida ham iştirok etişdi.

Özbekiston boks federatsiyasi rahbariyati sportçilarimizning jahon çempionati bahslarida munosib iştirok etişini taʼminlaş maqsadida tayyorgarlikning sönggi bosqiçini aynan musobaqalar ötkaziladigan Yekaterinburg şahrida taşkil etdi. Bu ğoya şubhasiz terma jamoamizning moslaşuv jarayoni uçun ijobiy taʼsir qiladi.

Bugun, 8 sentyabrda Yekaterinburgda boks böyiça jahon çempionati start oladi. Uşbu nufuzli musobaqada yurtdoşlarimiz sovrinli örinlar uçun eng asosiy daʼvogarlardan biri hisoblanadi.

Qayd etiş lozimki, hozirda Marat Qurbonov boşçiligidagi terma jamoa murabbiylar ştabidan taşqari boksçilarimizning şaxsiy murabbiylari ham Yekaterinburgda bölib turibdi.

Boks böyiça jahon çempionatida terma jamoamiz quyidagi tarkibda iştirok etadi:

-52 kg: Şahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilşodbek Rözmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Eslatib ötamiz, 2017 yilda Germaniyaning Gamburg şahrida bölib ötgan jahon çempionatida Şahram Ğiyosov 69 kg vaznda oltin medalni qölga kiritgan edi.

×