Rossiyadan Özbekistonga avtobusda qaytmoqçi bölgan yölovçilarga “Uzautotrans Service” nomidan soxta çipta sotib, ularni noqonuniy avtobuslarga çiqarib yuborayotgan firibgarlar paydo böldi. Bu haqda Transport vazirligi ogohlantiriş bilan çiqdi.
Qayd etilişiça, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar va YouTube kanallarida “Uzautotrans Service” avtobuslarining foto va videolaridan foydalanib, qatnovlar haqida eʼlonlar tarqatmoqda. Ular yölovçilarga davlat tomonidan taşkil etilgan avtobus qatnovlari orqali Toşkentga yuborişlarini aytadi.
Firibgarlar tegişli reyslar uçun kassalarda çipta qolmaganini bahona qilib, yölovçilarga çiptalarni faqat özlaridan sotib olişni taklif qiladi. Bunda çiptalar belgilangan narxdan bir neça barobar qimmatga sotiladi. Bunday çiptalarni sotib olgan yölovçilar esa noqonuniy faoliyat yurituvçi avtobuslarga çiqarib yuborilmoqda.
Transport vazirligi maʼlumotiga köra, “Uzautotrans Service” avtobuslari Moskva şahridagi “Novoyasenevskaya” va “Kotelniki” avtostantsiyalaridan Toşkent avtovokzaliga haftaning duşanba va payşanba kunlari qatnaydi. Çiptalarni uşbu avtostantsiyalar kassalaridan, şuningdek, avtostantsiyalarning mobil ilovalari va rasmiy saytlari orqali onlayn xarid qiliş mumkin.
Doimiy qatnovlar uçun çipta narxi 8 500 rublni, şu kunning özida taşkil etiladigan qöşimça reyslar uçun esa 7 000 rublni taşkil etadi.
Transport vazirligi fuqarolarni firibgarlarning soxta eʼlonlariga işonmaslikka va çiptalarni faqat rasmiy manbalar orqali xarid qilişga çaqirgan.









