Amerikalik MMA jangçisi Maykl Çendler yengil vazn toifasida UFC sobiq çempioni Konor Makgregorni jangga çorladi.
“Temir Mayk” Twitter sahifasida özi va “Notorius” iştirokidagi “face-to-face” marosimini (kollaj) eʼlon qilib, uni oktagonga çorladi.
Irlandiyalik jangçi esa Çendlerning postiga javob qaytardi.
“Qaçondir, albatta, sen bilan jang qilamiz. Ajoyib jang ötkazding, Mayk, tabriklayman”, deydi Konor.

Eslatib ötamiz, har ikki jangçi ham ketma-ket ikkita mağlubiyatli seriyani boşdan keçirmoqda. Makgregor Dastin Porega ikki bor texnik nokaut bilan, Çendler esa Çarlz Oliveyra va Jastin Getjiga mağlub bölgan.
Maʼlumot uçun, Konor Makgregor 2013 yilda oyoğining xoçsimon suyaklari operatsiya qilinganidan söng, UFC’ni bir oyoği bilan zabt etganini iddao qilib ötgandi.









