Joriy yilning 6-7 fevral kunlari Özbekiston hududi iliq havo massasi taʼsiri ostida böladi. Bu haqda “Özgidromet” xabar berdi.
Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farğona vodiysi viloyatlarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 6 fevralda 7-12 daraja iliq, 7 fevralda 10-15 daraja iliq, baʼzi joylarda 18 daraja issiqqaça böladi.
Qayd etilişiça, 8 fevralda Özbekiston hududiga Örta Yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça baʼzi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq bölişi mumkin. Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Havo harorati keçasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda 17-20 daraja iliqqaça böladi. 9-10 fevralda Özbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida şakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.
Respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir qorga aylanadi) böladi. Toğoldi va toğli hududlarda kuçli yoğingarçilik bölişi mumkin.
Şuningdek, havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida keçasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda keçasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq böladi. Respublika şimolida harorat keçasi 7-12 daraja sovuqqaça, Ustyurtda 15 daraja sovuqqaça, kunduzi 2-7 daraja sovuqqaça pasayadi.
7-9 fevral kunlari respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda









