Qora qitʼaning tarixiy mamlakatlaridan biri – Misr 2036 yil bölib ötadigan yozgi Olimpiya öyinlarini özida qabul qilmoqçi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Aşraf Sobhi maʼlum qildi.
Sobhining taʼkidlaşiça, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qömitasiga rasmiy xat jönatişga tayyor. Qayd etiş joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşi haqida ançadan buyon gapirib keladi. Çunki, hozirgaça uşbu qitʼa mamlakatlari heç qaçon Olimpiya öyinlarini qabul qilmagan.

Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya şaharçasi” nomli yirik sport kompleksini quriş işlari olib borilmoqda. U yerda Olimpiya şaharçasi va 90 ming örinli, asosiy marosimlar ötkaziladigan boş stadion, suziş havzasi va tennis kortlari qad rostlaşi közda tutilmoqda.
Şuningdek, Misrdan taşqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya va Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qiliş niyatida ekanini maʼlum qilgan.
Eslatib ötamiz, Afrika davlatlari orasida sönggi bor Keyptaun (Janubiy Afrika) şahri 2004 yilgi Olimpiadani qabul qiliş uçun kuraş olib borgan. Biroq, yakunda mezbonlik Olimpiada vatani hisoblangan Afina şahriga berilgan.
Maʼlumot uçun, 2032 yilgi Olimpiya öyinlari mezbonligi Avstraliyaning Brisben şahriga işonib topşirilgan. Bungaça Pekin-2022, Milan-2026, Barselona-2030 qişki, Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlari ötkazilişi belgilab qöyilgan edi.









