Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida kadastr bölimi boşliği fuqarodan 3 000 AQŞ dollari pora olgani uçun qölga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Kadastr agentliging Jalaquduq tumani bölimi boşliği uy-joy quriş va dehqon xöjaligida foydalaniş uçun fuqaro M.M.ga jami 25 sotix yer maydoni ajratib berişi evaziga 2024 yilda 3 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, öziga nisbatan şubha uyğotmaslik maqsadida fuqaroga göyoki “Şarxonçeki” MFY hududidan uy-joy quriş uçun 8 sotix yer maydoni ajratilganligi töğrisida qaror çiqarilganini aytgan.
Tadbir davomida, Jalaquduq tumani kadastr bölimi xodimi A.O. bölim boşliğining topşiriğiga asosan fuqaroga 3 000 AQŞ dollarini qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









