Odam savdosida gumonlanib, xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Turkiyada qölga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqtdan buyon xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi, 1981 yilda tuğilgan N.E. Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul şahrida aniqlanib, qölga olingan.
Gumonlanuvçi N.E. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan ayblanib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan qidirilayotgan bölgan. U yoş qizlarni yuqori maoşli iş vaʼdalari bilan aldab, Turkiyaga olib keliş va bu yerda ularning pasportlarini olib qöygan holda ekspluatatsiya qiliş bilan şuğullanganlikda gumon qilinmoqda.
Bildirilişiça, mazkur şaxs belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topşirilgan. Hozirda unga nisbatan tegişli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.









