Özbekistonda benzin bir yilda 20, propan esa qariyb 49 foizga qimmatladi

Özbekistonda benzin bir yilda 20, propan esa qariyb 49 foizga qimmatladi

2026 yil sentyabr oyida Özbekistonda avtomobil yoqilğisi narxlarida navbatdagi ösiş qayd etildi.

Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, benzin narxi sentyabr oyida örtaça 1,2 foizga oşgan. 2025 yil sentyabriga nisbatan esa benzin 20,1 foizga qimmatlagan.

Xususan, sentyabrda:

  • AI-92 benzini — 0,7 foizga;
  • AI-95 — 4,2 foizga;
  • AI-98 va AI-100 — 0,4 foizga qimmatlagan.

Propan narxi esa bir oyda 4,2 foizga, yillik hisobda 48,9 foizga oşgan. Metan narxi sentyabr oyida özgarmagan, biroq 2025 yil sentyabriga nisbatan 10,1 foizga yuqori bölgan.

Statistika qömitasi kuzatuvlariga köra, AI-92 benzinining bir litri 10 500 sömdan 17 000 sömgaça, AI-95 — 13 500 sömdan 21 500 sömgaça, AI-98 va AI-100 esa 16 500 sömdan 28 000 sömgaça bölgan. Propanning yuqori narx çegarasi bir litr uçun 10 ming sömni taşkil etgan.


×