Özbekistonda 2020 yilning yanvar-iyun oylarida işsizlik darajasi 13,2 foizni taşkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qiliş ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat taşkiloti tavsiyalari asosida işlab çiqilgan metodika böyiça respublikaning 101 ta şahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy sörov ötkazilgan. Unda 490 ta fuqarolarni özini-özi boşqariş organlari, 4,9 mingta uy xöjaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olingan.
SOVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infektsiyasi tarqalişini oldini olişga qaratilgan karantin çora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada taʼsir körsatgan.
Ötkazilgan tadqiqot natijalari respublikada işsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz taşkil etganligini körsatdi. Bu körsatkiç 2019 yilning şu davrida 9,1 foizga teng bölgan. Işga muhtoj bölganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kişini taşkil etadi (16-30 yoşgaça bölganlar örtasida işsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar örtasida işsizlik darajasi esa - 17,4 foiz).
Mehnat resurslari soni 19 084,6 ming kişini taşkil etib, 2019 yilning şu davriga nisbatan 0,6 foizga köpaygan bölsa SOVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot subʼektlari faoliyatiga salbiy taʼsiri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bölganlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kişiga kamayib, 12 736,7 ming kişini taşkil qilgan.
Şuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bölgan aholi soni 5 581,2 kişini taşkil qilib, ötgan yil şu davrga nisbatan
0,2 foizga yoki 12,4 ming kişiga kamaygan.
Bunda koronavirus infektsiyasi tarqalişini oldini olişga qaratilgan ayrim çeklov çora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bölsa, 131,2 ming işsizlarni haq tölanadigan jamoat işlariga jalb qiliş hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayiş oldi olingan.
Tadqiqot natijalariga köra respublikadan taşqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketganlar soni 2 040 ming kişini taşkil etgan, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-çorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kişiga kamaygan.
Norasmiy sektorda band bölganlar soni (xorijda işlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) ötgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kişini taşkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinçalik bir martalik va mavsumiy işlarni bajaruvçilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylaştirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda işlovçilar (87,6 ming), röyxatdan ötmasdan va tegişli ruxsatnomasiz faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaygan.
Şu bilan birga karantin çora-tadbirlari davrida uyda ötirgan fuqarolar soni oşganligi hamda fuqarolarning şaxsiy tomorqalarni rivojlantiriş uçun Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan subsidiyalar beriş dasturi hajmi keskin ortganligi uçun dehqon va şaxsiy tomorqalarda band bölganlar soni 201,1 mingga ortgan.
Tadbirkorlik subʼektlari va özini özi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga oliş va rağbatlantiruvçi imtiyozlardan foydalaniş huquqi berilişi norasmiy sektorda bandlar uluşini kamaytiriş imkoniyatini bermoqda.
Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oşgan. Uşbu körsatkiç ötkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat körsatiş sohasi vakillari karantin çora-tadbirlari davrida vaqtinçalik öz faoliyatlarini töxtatib turişlarini va çeklovlardan söng qayta tiklaş niyatini bildirib, boşqa faoliyat bilan şuğullanmaslikni afzal körayotganligi sababli oşganligini körsatgan.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa SOVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy taʼsirini yumaşatiş maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoşgaça bölganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) işsiz va band bölmagan aholiga bandligiga kömaklaşiş xizmatlari körsatilgan.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy iş örinlariga işga joylaytiriş va haq jamoat işlariga jalb qiliş orqali bandligi taʼminlandi, 15,0 ming nafar işsizlar kasb-hunarga öqitildi, 27,0 ming nafar işsiz şaxslarga Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan 10,1 mlrd. söm işsizlik nafaqasi tölab berilgan.
Şuningdek, Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro şaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qişloq xöjaligi, tikuvçilik va hunarmandçilik kooperativlarida aʼzo sifatida biriktirib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta iş beruvçiga mehnat organlari yöllanmasi bilan işga olingan 2,3 ming nafar işsizlarning kasbiy malakasini oşirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini işga olganligi uçun moddiy kömak ajratilgan.









