Özbekistonda mamlakat aholisi soni sönggi 129 yil içida qariyb 10 barobarga köpaydi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirining dastlabki natijalariga bağişlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Hozirda respublika aholisi soni 39 mln 47 ming 321 nafarni taşkil etmoqda.
2026 yilgi dastlabki hisob-kitoblarga köra, Özbekiston aholisi soni 1989 yilda ötkazilgan aholini röyxatga oliş natijalariga nisbatan qariyb ikki barobarga oşgan, 1897 yilga nisbatan esa qariyb 10 barobarga köpaygan.
Aholi sonining yillar kesimidagi ösiş dinamikasi quyidagiça:
- 1897 yil – 3 mln 910,6 ming nafar;
- 1926 yil – 5 mln 272,8 ming nafar;
- 1939 yil – 6 mln 271,3 ming nafar;
- 1959 yil – 8 mln 105,6 ming nafar;
- 1970 yil – 11 mln 799,4 ming nafar;
- 1979 yil – 15 mln 390,8 ming nafar;
- 1989 yil – 19 mln 905,2 ming nafar;
- 2026 yil – 39 mln 47,3 ming nafar.









