Tailandda erkak 5 kişini otib taşladi

Tailandda erkak 5 kişini otib taşladi

Bugun, 28 iyul kuni Tailand poytaxti Bangkokda joylaşgan qişloq xöjaligi mahsulotlari bozori yaqinida qurolli şaxs otişma sodir etib, beş kişini öldirdi va öz joniga qasd qildi. Bu haqda “The Nation” xabar berdi.

Qayd etilişiça, halok bölganlar orasida tört nafar qöriqçi, bir nafar ayol va öşa şaxsning özi bor. Yana ikki ayol yaralanib, şifoxonaga yotqizilgan.

Maʼlumotlarga köra, hujumni 61 yoşli erkak amalga oşirgan. U ilgari aynan şu bozorda qöriqçi bölib işlagan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, uning sobiq hamkasblari bilan şaxsiy nizosi bölgan. Politsiya hodisaning şaxsiy motivlar bilan boğliq bölganini taʼkidlamoqda.

Otişma bozordagi xayriya punkti yaqinida sodir bölgan. Uşbu punkt Tailand-Kambodja çegarasidagi ziddiyatdan jabr körganlarga yordam töplaş uçun taşkil etilgan. Politsiya hodisa sodir bölgan hududni darhol örab olib, tergov harakatlarini boşlagan. Voqea vaqtida bozor gavjum bölgan, ammo turistlar orasida jabrlanganlar yöq.

Suriştiruv davomida aniqlanişiça, gumondor 2019 yilda boşqa bir qöriqçi bilan janjallaşgan hamda bozorda işlovçi bir ayol bilan munosabatda bölgan. Politsiya aynan şu şaxsiy ziddiyatlar fojiani keltirib çiqargan deb hisoblamoqda.


Teglar:
×