Özbekistonda yil boşidan beşta yangi gaz koni oçildi, hududlarda 6000 metrgaça va undan ortiq çuqurliklarga 80 ta quduq burğilangan bölsa, törtinçi çorakda uşbu quduqlardan yana 40 tasini burğilaş reja qilingan. Bu haqda bugun, 5 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan neft va gaz tarmoğida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, gaz zaxiralarini köpaytiriş maqsadida geologiya-qidiruv işlari kengaytirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 3D seysmik razvedka işlarining hajmi ötgan yilga nisbatan 5 barobarga oşiriş rejalaştirilmoqda. Yil boşidan beşta yangi gaz koni oçilgan, hududlarda 6000 metrgaça va undan ortiq çuqurliklarga 80 ta quduq burğilangan bölsa, törtinçi çorakda uşbu quduqlardan yana 40 tasini burğilaş reja qilingan.
Istiqbolli maydonlarni, ayniqsa Ustyurtning katta çuqurlikdagi qatlamlarni örganiş, yangi konlarni özlaştiriş hamda mavjud quduqlar samaradorligini oşiriş böyiça rejalar taqdimot qilingan.
Uşbu maqsadlarda burğilaş işlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, jarayonlarga zamonaviy texnologik yeçimlarni olib kiriş muhim ahamiyatga ega. Şu sababli hozirda Ustyurt hududida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi quduqlarni burğilaş, geofizik maʼlumotlarni qayta tahlil qiliş hamda gaz qazib oliş samaradorligini oşiriş yuzasidan bir qator samarali loyihalar amalga oşirilmoqda.
Taqdimotda “Özbekneftgaz” AJ va uning tasarrufidagi yirik korxonalarning moliyaviy natijalari ham tahlil qilingan. Joriy yilning töqqiz oyi yakuni bilan korxonalarning jamlangan sof foydasi ötgan yilning mos davriga nisbatan ösgan, kredit portfelini maqbullaştiriş natijasida esa qarzdorlik kamaygan, yuqori foizli kreditlar şartlarini qayta körib çiqiş orqali foiz xarajatlarini tejaşga erişilgan.
Taqdimot doirasida gaz transport tizimining ötkazuvçanlik quvvatini oşirişga doir loyihalarga alohida töxtalib ötilgan. Unda yangi magistral gaz quvurlarini quriş, kompressor stantsiyalarini modernizatsiya qiliş kabi tadbirlar qamrab olinadi.
Mazkur loyihalarning amalga oşirilişi, şuningdek, ayrim stantsiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarini işga tuşiriş, gaz yetkazib beriş barqarorligini oşiriş hamda yiliga 125 million kub metr gaz tejaş imkonini beradi. Şu munosabat bilan ularni amalga oşirişni moliyalaştiriş manbalari böyiça takliflar ham körib çiqilgan.
Taqdimotda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida töxtalib ötilgan. Uşbu işlarga Xitoyning ixtisoslaşgan kompaniyasi jalb qilingan bölib, hozirda maxsus texnika va uskunalar iş joyiga safarbar qilinmoqda, quduqlarni burğilaş joylarida tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Avariyani bartaraf etiş jarayonining barça bosqiçlarida xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş eng muhim masalalardan biri ekanligi qayd etilgan.









