Turkiyada dengiz ustiga qurilgan yangi aeroport oçildi

Turkiyada dengiz ustiga qurilgan yangi aeroport oçildi

Yangi aeroport qurilişiga 4,4 mlrd lira sarflangan. 

Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan va Ilhom Aliyev Turkiyadagi Riza-Artvin aeroportining oçiliş marosimida qatnaşdi.

Erdöğan yangi aeroportni Turkiyaning fuqaro aviatsiyasi va transport sohasida oxirgi 20 yilda erişgan yutuqlari körsatkiçi deb atadi.

Uning sözlariga köra, Turkiyada oxirgi yillarda aeroportlar soni 26tadan 58taga yetdi.

"Sönggi yillarda nafaqat yangi havo gavanlari qurildi, balki ayrimlari joriy taʼmirlandi", - dedi u.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya rahbari beş yil davomida qurib bitkazilgan Riza-Artvin aeroportiga 4,4 mlrd turk lirasi (284,2 mln dollar) sarflanganini qayd etdi.

Öz navbatida, Aliyev "Ozarboyjon va Turkiya ittifoqçilar" ekanini taʼkidladi.

Anadolu agentligining xabar berişiça, yangi aeroport yiliga 3 mln nafar yölovçiga xizmat körsatadi.

Qayd etilişiça, "dunyoda uçiş-qöniş yölaklari dengiz ustida joylaşgan aeroportlar soni atigi beşta bölib, ularning ikkitasi Turkiyada".

×