Keça, 18 avgust kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylaşgan “Temirçi” oltin koni auktsionda 67 mlrd 780 mln 777 ming sömga sotildi. Bu haqda E-auksion platformasi maʼlumotlarida keltirilgan.
Maʼlumotlarga köra, “Temirçi”ning boşlanğiç bahosi 4 mlrd 120 mln 412 ming sömni taşkil etgan. “Zauris” MÇJ boşlanğiç bahodan qariyb 16,5 baravar yuqori narx – 67 mlrd 780 mln 777 ming söm taklif qilib, konni sotib olgan. Auktsion 12 soat davom etib, bu vaqt oraliğida jami 309 ta taklif berilgan.
Yagona davlat reyestri maʼlumotlariga köra, “Zauris” joriy yilning iyul oyida Toşkentda taşkil etilgan. Asosiy faoliyat turi – rangli metall rudalarini qazib oliş. Kompaniyaning taʼsisçisi va rahbari Feruza Fayziyeva bölib, u 10 million söm ustav kapitalining 100 foiziga egalik qiladi.
Bundan taşqari, Fayziyeva 2020 yildan moliyaviy aktivlarni boşqariş bozorida faoliyat yuritib kelayotgan Marex Financial kompaniyasining 70 foizlik uluşiga ega hamkor hisoblanadi. Kompaniyaning ikkinçi taʼsisçisi Marat Qurbongeldiyev bölib, unga 30 foiz uluş tegişli. Şuningdek, u 2023 yilda asos solingan Marex Com kompaniyasiga ham egalik qiladi. Mazkur firmalarning ustav kapitali mos ravişda 18,33 million va 1 million sömni taşkil etadi.
Maʼlumot uçun, “Temirçi” oltin koni Zafarobod qişloğidan 26,7 km şimoli-ğarbda va Navoiy şahridan 35 km şimolda joylaşgan. Uning maydoni 249 gektar bölib, lot hujjatlariga köra, kon zaxirasi 6 tonna oltinni taşkil etadi.









