Köplab mamlakatlar singari Turkiya ham koronavirus bilan boğliq karantin çeklovlarini yengillaştirmoqda. Unga köra, endi mamlakatda köçada majburiy niqob taqiş şart emas. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri Fahrettin Koja maʼlum qilgan.
"Biz endi köçada niqob kiyişimiz şart emas", deydi Koja Koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş böyiça ilmiy kengaş yiğilişidan keyingi brifingda.
Uning sözlariga köra, agar etarli şamollatiş va ijtimoiy masofani saqlaş imkoniyati mavjud bölsa, yopiq joylarda himoya vositalaridan foydalaniş zarurati ham yöqoladi.
"Ammo niqoblar kundalik hayotimizdan uzoqlaşmaydi, zarurat tuğilganda taqiş uçun ularni özimiz bilan olib yurişimiz kerak", deya qöşimça qildi vazir.
Şuningdek, mamlakatda HES-kod tizimi ham bekor qilinmoqda. Uşbu maxsus dastur orqali Turkiya fuqarolari va mamlakatga taşrif buyuruvçi sayyohlar onlayn platformada röyxatdan ötib, jamoat joylari, yirik dökonlarga uşbu kodni tasdiqlatgan holdagina kiritilayotgan edi.
“Odamlar endi binolarga kirişda yoki tadbirlarga borişda buni körsatişga hojat qolmaydi”, deydi vazir.









