Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 15 aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yölladi.
Davlat rahbari öz tabrigini özining betakror isteʼdodi, bilim va mahorati bilan el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan sanʼat ustalari va yoş ijroçilarga, barça soha xodimlariga fidokorona mehnati uçun samimiy minnatdorlik bildirişdan boşlagan.
“Sönggi yillarda mamlakatimizda barça sohalar qatori madaniyat va sanʼat tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş böyiça ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Natijada sohaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanib, xodimlarning ijodiy mehnati munosib rağbatlantirilmoqda.
Teatr, kino, muzey va madaniy tadbirlar, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati izçil yaxşilanmoqda.
Zamonaviy boşqaruv mexanizmlari joriy etilib, davlat-xususiy şeriklik asosida yangi ijodiy loyihalar, raqamli texnologiyalar va ilğor tajribalar amaliyotga tatbiq etilayotgani, madaniy kontent yaratiş kölami kengayib borayotgani madaniyat muassasalari faoliyatida samaradorlik va jozibadorlikni yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Keyingi yillarda yurtimizda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va sanʼat maktabi hamda uşbu yönalişda 5 ta oliygoh taşkil etildi, köplab muassasalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi, 125 ta tarixiy-madaniy meros obʼektida ularni asraş va tiklaş böyiça zarur işlar amalga oşirildi.
Ötgan yili tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantiriş böyiça alohida qaror qabul qildik. Toşkent şahrida Özbekiston Milliy muzeyi binosi qurilişi boşlandi”, deyiladi tabrikda.
Davlat rahbari joriy yilda Markaziy körgazmalar zali, Badiiy körgazmalar direktsiyasi fondining binosi, Pavel Benkov nomidagi rassomlik maktabida quriliş va taʼmirlaş işlari olib borilgani, soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça zarur çoralar körilişini eslatgan.
“Yana bir muhim jarayon – özbek madaniy diplomatiyasi izçil rivojlanmoqda. Nufuzli xalqaro forumlar, tanlovlar, festivallar hamda madaniyat kunlari muntazam ötkazib kelinmoqda. Xususan, ötgan yili Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferentsiyasining sessiyasi, Buxoroda Birinçi xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi, Nukusda Orol madaniyati sammiti, Xorazmda Turkiy dunyo madaniyat forumi, Toşkentda esa Markaziy Osiyo va Ozarbayjon madaniyat vazirlarining birinçi uçraşuvi yuqori saviyada taşkil etildi.
Eng muhimi, Vatanimizning sanʼat sohasida xalqaro jarayonlardagi iştiroki kengayib, nufuzi ortib bormoqda”, deydi Prezident.
Şuningdek, Prezident, özbekistonlik sanʼatkorlarning Yevropadagi nufuzli madaniyat maskanlaridagi çiqişlari xorijlik sanʼat muxlislarida katta qiziqiş uyğotayotgani, bu haqda söz yuritganda, Avstriyaning Zaltsburg şahridagi Grosses Festspielhaus sahnasida Özbekiston Milliy baleti guruhi tomonidan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti namoyiş etilganini eʼtirof etgan.
Şu yil 9 aprelda yana bir yirik sanʼat maskani – Musikverein sahnasida Sohibqiron Amir Temurning 690 yillik tavallud sanasiga bağişlangan musiqali opera asarining taqdimoti ötkazilgani qayd etilgan.
“Milliy kino sanʼatimizni rivojlantiriş, xususan, “Tirik tarix” turkumida ğoyaviy va badiiy yuksak asarlar yaratiş borasidagi işlar dastlabki natijalarni bermoqda. Ötgan yili davlat buyurtmasi asosida 123 ta kinofilm tayyorlanib, tomoşabinlar eʼtiboriga havola etildi.
Ötgan yilning özida sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 35 nafar xodim uy-joy bilan taʼminlandi. Madaniyat muassasalari xodimlari iş haqi örtaça 35 foizga oşirildi. Dramaturglar uçun Mahmudxöja Behbudiy, yoş rejissyorlar uçun Bahodir Yöldoşev, yoş xonandalar uçun Botir Zokirov nomidagi mukofotlar hamda mahalliy va xorijiy ijodkorlar uçun “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taqdim etib kelinmoqda”, deydi Prezident.
Şavkat Mirziyoyevga köra, bugungi kunda madaniyat va sanʼat sohasini maʼnaviy tarbiya vositasi va kreativ iqtisodiyotning muhim tarmoği sifatida rivojlantiriş, ijodiy industriyani qöllab-quvvatlaş, madaniy xizmatlar bozorini taraqqiy ettiriş, sanʼat mahsulotlari eksportini kengaytiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Yangi taşkil etilayotgan Kreativ industriya parki ayni şu maqsadlarga xizmat qiladi. Prezidentning urğulaşiça, 2030 yilgaça kreativ iqtisodiyotning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 5 foizga yetkaziladi.
“Albatta, bu ulkan reja va taşabbuslarni amalga oşirişda siz, jonkuyar va fidoyi insonlarning örni beqiyosdir. Sizlarning bilimingiz, tajribangiz va ijodiy salohiyatingiz milliy madaniyatimizni yangi bosqiçga olib çiqişiga işonçim komil.
Biz bundan buyon ham sohani har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ijodiy va texnik xodimlar mehnatini munosib qadrlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam soğliq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar, xonadoniga tinçlik va fayzu baraka tilagan.









