Uzoq kutilgan hayajonli damlar yetib keldi. Bugun, 7 iyun kuni Özbekiston milliy jamoasi qariyb ikki yillik tanaffusdan keyin JÇ-2022 va Osiyo kubogi-2023 qöşma saralaş bosqiçi doirasidagi öyinlarini davom ettiradi. Saudiya Arabistonida markazlaşgan tizimda ötayotgan guruh bosqiç öyini doirasida Vadim Abramov boşçiligidagi milliy jamoa Singapurga qarşi saf tortadi.
Kim qanday holatda?
Özbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistondagi öyinlar oldidan Toşkentda töplanib, dastlab Böstonliq tumanida jismoniy tayyorgarlikka zör berdi. 26 may kuni esa Toşkentda norasmiy örtoqlik bahsi taşkil etilib, Otabek Şukurov va Odil Hamrobekovning penaltidan kiritgan gollari Turkmaniston ustidan ğalaba keltirdi – 2:1.
28 may kuni Dubayga yetib borgan Özbekiston milliy jamoasi 29 may kungi Avstraliya bilan bahs bekor qilingani sababli 30 may kuni Tailandga qarşi nazorat bahsi ötkazdi va Husniddin Aliqulov, Odil Ahmedov, va Temurxöja Abduxoliqovning dubli evaziga 4:1 hisobida ğalabaga erişdi. 1 iyun kuni esa Dubaydan Ar-Riyodga yetib borib, bir hafta davomida Saudiya Arabistonida sönggi tayyorgarliklar olib borildi.

Raqib jamoa – Singarpur ham Özbekiston singari BAAda tayyorgarlik kördi. Afğoniston milliy jamoasiga qarşi ötkazilgan örtoqlik öyinida 1:1 hisobi qayd etildi. 3 iyun kuni esa JÇ-2022 saralaşi doirasida Falastinga qarşi maydonga tuşgan singapurliklar kutilmaganda – 0:4 hisobida qaqşatqiç zarbani qabul qilib olişdi. Tatsuma Yoşida şogirdlari 6 öyindan keyin 7 oçko bilan guruhda 5-örinda borişmoqda.
Tarkib qanday köriniş olişi mumkin?
Vadim Abramov Saudiya Arabistonidagi öyinlar uçun 28 nafar futbolçidan iborat tarkibni olib borgan.
Singarpurga qarşi bahsda rasmiy mezbon sanalmiş Özbekiston milliy jamoasi özining anʼanaviy libosi – oq-kök-oq rangli sport formasida maydonga tuşadi. Singapur esa qizil formasida harakat qiladi.

Milliy jamoaning Turkmaniston va Tailandga qarşi bahsi yopiq eşiklar ostida ötgani sababli Singapurga qarşi asosiy tarkibni taxmin qiliş qiyin bölsa-da, bu borada taxminimiz quyidagiça köriniş oldi:
Darvozabon: Abduvohid Neʼmatov
Himoyaçilar: Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Rustam Aşurmatov, Ibrohimxalil Yöldoşev
Yarimhimoyaçilar: Odil Hamrobekov, Otabek Şukurov, Sanjar Qodirqulov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Maşaripov
Hujumçi: Eldor Şomurodov.
Şomurodovdan uç barobar arzon jamoa. Jamoalarning transfer bahosidagi farq
Transfermakrt portali Özbekiston va Singapur milliy jamoalarining transfer qiymatini keltirgan. Bu borada ham jamoalar örtasidagi farq katta ekani yaqqol köringan.
Jumladan, Özbekiston milliy jamoasi tarkibining hozirgi umumiy qiymati 27,65 million yevroga baholangan. Eng qimmatbaho futbolçilarimiz röyxatini Eldor Şomurodov boşqarmoqda. «Jenoa» hujumçisining transfer bahosi – 7 million yevroni taşkil etadi. 2-örinda Otabek Şukurov – 3 million yevro, 3-örindan esa Jaloliddin Maşaripov – 2,8 million yevro narx bilan joy olgan.

Singapur milliy jamoasi tarkibining umumiy qiymati – 2,33 million yevroni taşkil etadi. Bu raqib jamoa butun tarkibining birgina Eldor Şomurodovning transfer qiymatidan 3 barobar arzon ekanligini körsatadi.
Eslatma:
Özbekiston – Singapur
Öyin boşlaniş vaqti: 23:00
Saudiya Arabistoni, Ar-Riyod. «Qirol Fahd» stadioni.
Manba: Tribuna.uz









