Bugun, 30 avgust kuni #Trumpisdead (Tramp öldi) xeştegi ijtimoiy media platformalarida, xususan X'da trendga aylana boşladi va bu AQŞ Prezidenti Donald Trampning soğliği haqida keng tarqalgan miş-mişlarga sabab böldi.
Uşbu tendentsiya Oq uyning rasmiy jonli efirining kutilmagan uzilişi bilan bir vaqtga töğri keldi, unda “Bizni kuzatib boring – biz tez orada yana jonli efirda bölamiz” degan xabarni köriş mumkin.
Uşbu texnik muammo tobora kuçayib borayotgan miş-mişlarga yoğ sepdi, baʼzi foydalanuvçilar buni Prezidentning farovonligidan xavotir belgisi sifatida talqin qildi.
Hozirça Oq uy yoki Prezident Tramp tomonidan miş-mişlarga munosabat bildiradigan heç qanday rasmiy bayonot berilmagan. Ommaviy çiqişlarning yöqligi va jonli efirning vaqtinça töxtatilişi taxminlarga sabab böldi, ammo Prezidentning ölimini tasdiqlovçi işonçli dalillar yöq.
27 avgust kuni AQŞ vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensdan “dahşatli fojia” yuz bergan taqdirda Trampning örnini egallaşga tayyormi yoki yöqmi, deb söraşdi. USA Today naşriga bergan intervyusida Vens Boş qömondonning yaxşi holatda ekanini taʼkidladi, ammo bu imkoniyatni inkor etib bölmasligini qöşimça qildi.
“U keçasi telefon qönğiroqlarini amalga oşiradigan oxirgi odam va ertalab uyğonib, birinçi qönğiroq qilagan odam. Ha, dahşatli fojialar röy bermoqda. Lekin men işonamanki, Qöşma Ştatlar Prezidenti yaxşi holatda, öz muddatining qolgan qismini ötaydi va Amerika xalqi uçun buyuk işlar qiladi. Agar, Xudo körsatmasin, dahşatli fojia yuz bersa, men oxirgi 200 kun içida olganimdan köra yaxşiroq işga tayyorgarlik haqida öylay olmayman”, dedi Vens.
Yaqinda Tramp soğliği bilan boğliq muammolarga ham duç keldi. Iyul oyida Oq uy uning oyoqlari şişişiga olib keladigan surunkali venoz yetişmovçilik, deb nomlanuvçi tomir kasalligi borligini tasdiqladi. Vaziyat tomirlardagi bosimning oşişiga olib keladi va şiş paydo bölişiga, şuningdek, oşqozon yarasiga olib kelişi mumkin, ammo hayot uçun xavfli emas. Trampning ahvoli rasmiy kanallar orqali eʼlon qilinişidan avval, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda uning oyoqlari şişib ketgani körinib, soğliği haqida taxminlar paydo bölgandi.









