Makkada teraktga uriniş böldimi?

Makkada teraktga uriniş böldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkadagi Masjidul Haramda nomaʼlum şaxs portlovçi kamar taqib, Kaʼbaga yaqinlaşgani va xavfsizlik xodimlari tomonidan qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Saudiya Arabistoni mazkur maʼlumotlarni rad etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik xodimlari bir kişini qölga olayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Şundan söng, u xudkuş terrorçi bölgani va Masjidul Haramga hujum uyuştirişga uringani haqida xabarlar paydo bölgan. Saudiya xavfsizlik idoralari esa hodisaga boşqaça izoh bergan.

“Muqaddas poytaxtdagi xavfsizlik idoralari yölovçilarni bezovta qilgan va ular orasida qörquv hamda vahima uyğotgan şaxsni qölga oldi. Unga nisbatan zudlik bilan çora körildi”, deyiladi idora bayonotida.

Şuningdek, xavfsizlik idoralari hodisa yuzasidan tarqalayotgan xabarlarda heç qanday haqiqat yöqligini bildirgan.

“Xavfsizlik idoralari hodisa yuzasidan tarqatilayotgan daʼvolarda haqiqat yöqligini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

Hodisa böyiça qölga olingan şaxs haqida qöşimça maʼlumot berilmagan


Teglar:
×