Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatişga uriniş böldi

Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatişga uriniş böldi

Qozoğiston janubidagi Turkiston şahrida joylaşgan Ahmad Yassaviy maqbarasini portlatişga uriniş mamlakat Milliy xavfsizlik qömitasi xodimlari tomonidan töxtatib qolindi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengaşi yiğilişida qömita raisi örinbosari Ruslan Seysembayev maʼlum qildi.

“Bu davrda Qozoğistonning özida ham terrorçilik xavfi kuçaymoqda. Har yili kamida ikkita teraktning oldi olinyapti. Faqat şu yilning özida Turkistonda Xöja Ahmad Yasaviy maqbarasida qölbola portlovçi qurilmani işga tuşirişga urinişlar tayyorgarlikning dastlabki bosqiçida töxtatildi, şuningdek, Ostonadagi odamlar gavjum joylarda qurolli hujum uyuştirilişining oldi olindi”, deydi Seysembayev.

Uning sözlariga köra, Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga aʼzo davlatlar uçun terrorçilik tahdidlarining şakllanişi bir neça dominant omillar taʼsirida sodir böladi.

Maʼlumot uçun, bugun, 8 sentyabr kuni Ostona şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengaşining 40-yiğilişi bölib ötmoqda.


×