Qozoğistondan yonilği olib çiqişga uriniş keskin oşdi

Qozoğistondan yonilği olib çiqişga uriniş keskin oşdi

Qozoğistonda ikki sutka içida mamlakatdan yonilği olib çiqib ketişga bölgan 60 dan ortiq urinişning oldi olindi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi hukumati maʼlum qildi.

Moliya vaziri örinbosari Yerjan Bijanov yonilği bozoridagi vaziyatga bağişlangan hukumat yiğilişida sönggi ikki sutka içida Qozoğiston çegarasida respublikadan yonilği-moylaş materiallarini (YOMM) olib çiqib ketişga bölgan 61 ta urinişning oldi olingani haqida axborot berdi. Xususan, qöşimça baklar va kanistralarda jami 3 tonnadan ortiq yoqilği aniqlangan.

Uning sözlariga köra, mobil guruhlar çegaraoldi trassalarida tun-u kun patrullik qilmoqda hamda benzin taşuvçi va avtotsisternalarni tekşirmoqda. Şuningdek, davlat daromadlari organlari 62 ta avtoyonilği quyiş şoxobçasi va 22 ta kiçik neftni qayta işlaş zavodi faoliyatini tekşirib, ularda xizmat körsatiş hajmining anomal darajada ösişini aniqlagan.

Içki işlar vaziri Yerjan Sadenovning maʼlum qilişiça, yil boşidan buyon umumiy hajmi 40 ming litrdan ortiq bölgan neft mahsulotlarini noqonuniy olib çiqib ketişga bölgan 593 ta uriniş bartaraf etilgan.

Hozirgi vaqtda Qozoğistonda benzin, dizel yonilğisi va yana bir qator neft mahsulotlarini avtomobil hamda temir yöl transporti orqali xorijga olib çiqib ketişga taqiq amal qilmoqda va uşbu taqiqni yana yarim yilga uzaytiriş rejalaştirilgan.


×