Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev koronavirusning yangi şakli, «COVID-21»ning paydo bölganligi töğrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audio yozuvga quyidagiça izoh berdi:
COVID-19 infektsiyasi yangi ştammlari paydo bölsa ham, yangi «COVID-21» virusi paydo bölganligi haqidagi bayonot notöğri.
Vaktsinatsiya COVID-19ning barça ştammlaridan himoya qiladi, havf guruhidagi odamlar kasal bölib tuzalgan bölsa ham emlaniş zarur hisoblanadi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida özgarişlar yuz berdi, yaʼni yötal va isitmaning kam namoyon bölgan, ammo böğimlarda katta oğriq belgilariga ega bemorlar soni ortdi.
Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari şuni körsatadiki, koronavirus infektsiyasi oqibatlaridan öliş holatlari oşmadi.
PTSR-test yordamida koronavirusni aniqlaş imkonsiz bölib qoldi, deyiş noörin, çunki avval ham dimoğda virusni aniqlaşda 30 foizlik xatolikka yöl qöyilgan edi.
Koronavirus infektsiyasini davolaş böyiça bir yillik tajribadan kelib çiqib, Özbekistonda davolaş protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi.
Kasallik yöqolmadi, biz u bilan yaşaşga, yaʼni niqob taqişga, ijtimoiy masofani saqlaşga, qöllar gigiyenasiga rioya qilişga odatlanişimiz kerak.









