Rasman: Ramazon oyi boşlanadigan sana eʼlon qilindi

Rasman: Ramazon oyi boşlanadigan sana eʼlon qilindi

Joriy yil Özbekistonda muborak Ramazon oyining boşlanişi 2 aprel kuniga töğri keladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi qarorida keltirilgan. Qaror matni bilan quyida tanişişingiz mumkin.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçida yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizga bölgan eʼtibor va ehtirom yanada ortib bormoqda. Jonajon diyorimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalik, xonadonlarimizdagi fayz va qut-barakani xalqimiz, avvalo, Yaratganning çeksiz marhamati sifatida şukronalik va minnatdorlik bilan qabul qilmoqda.

Ayniqsa, ahillik, özaro birdamlik va maʼnaviy poklik fazilatlari uluğlanadigan qutluğ Ramazon oyini el-yurtimiz doimo katta xursandçilik va kötarinki kayfiyatda kutib olmoqda. Uşbu muborak kunlarda inson qadrini uluğlaşga, oila hamda mahallaga mehr va eʼtiborda böliş, ijtimoiy kömakka muhtoj, ehtiyojmand kişilarga yordam va saxovat körsatişga qaratilgan savobli amallar yanada yorqin namoyon bölmoqda.

Xalqimiz uçun ezgulik va muruvvat, mehr-oqibat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyini munosib kutib oliş va yuqori saviyada ötkaziş, muqaddas islom dinining insonparvarlik tamoyillarini hamda madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va uluğlaş maqsadida:

1. 2022 yil muborak Ramazon oyining boşlanişi 2 aprel kuniga töğri kelişi haqidagi Özbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uçun qabul qilinsin.

2.Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari böyiça qömita, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda jamoat taşkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlarni amalga oşirsin.

Mazkur tadbirlarni ötkazişda uşbu muborak oyning mazmun-mohiyatida mujassam bölgan insoniylik, şukronalik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni eʼzozlaş, mamlakatdagi tinç va farovon hayotni qadrlaş, oilalar hamda mahallalarda mehr-oqibat va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan maʼrifiy tadbirlar va tarğibot işlarini taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilsin.

3. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini ötkaziş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi M.M.Kamilov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat MIRZIYOYEV

Toşkent şahri, 2022 yil 31 mart.

Yulduz Abduraşidova

×