«Özgidromet» ogohlantiriş eʼlon qildi

«Özgidromet» ogohlantiriş eʼlon qildi

Joriy yilning 27-30 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida sel kelişi mumkin.

Jumladan:

Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;

Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğ oldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolarni, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişlarini söraymiz, deyiladi «Özgidromet» ogohlantirişida.


×