Bloger Bobur Ğaniyev internetda videobayonot bilan çiqdi. Unda Ğaniyev biznes boşlaganini va blogerlikka vaqti bölmasligini taʼkidlab ötgan.
«Azizlar, men bir biznes boşladim, şu sababli YouTube kanaliga vaqt ajratişga imkon bölmaydi. Şuning uçun kanalimni Taftish.uz axborot agentligiga topşirmoqdaman. Yöl harakati qoidalariga doimo rioya qiling»,— deya fikrlarini yakunlagan bloger.
Eslatib ötamiz, Bobur Ğaniyev Uçtepa tumanida IIB xodimlarini «ment» deb haqorat qilgani va şaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uçun uşlangan va 15 sutkaga qamalgandi.









