Sverdlovsk viloyatining şimolida “Grot” (1335-sonli obʼekt) şartli nomi ostida maxfiy obʼekt barpo etildi. U aloqa uçun zarur bölgan muayyan çastotadagi radiotölqinlarni ötkazuvçi toğ jinslaridan iborat Kosvinskiy Kamen toği içida yaşirilgan. Bu haqda uşbu ulkan bunkerni quriş va jihozlaşga oid hujjatlarni, şuningdek, oçiq manbalardagi maʼlumotlar va obʼektga aloqador şaxslarning xabarlarini örgangan “Dose” markazi, “Danwatch” va “The Sunday Times” tadqiqotçilari xabar berdi.
Olingan maʼlumotlarga köra, “Grot” – Ğarbda “Dead Hand” (“Ölik qöl”) sifatida tanilgan, hokimiyat tomonidan modernizatsiya qilingan “Perimetr” strategik yadro kuçlarini zaxiradan boşqariş tizimining asosiy tugunidir.
1970 yillarda “Perimetr”ni işlab çiqişda iştirok etgan, 2005–2010 yillarda esa uni modernizatsiya qilişga rahbarlik qilgan isteʼfodagi general-mayor Viktor Xalinning sözlariga köra, Prezident Vladimir Putin 2005 yilning may oyida tizimning yangi boşqaruv böğinini quriş töğrisidagi maxfiy farmonni imzolagan. 2010 yilga kelib yangi tizim sinovdan ötkazilgan va “Grot”ga yuborilgan. 2020 yilga kelib toğ yaqinida harbiy şaharça qad rostlagan. Mamlakat rahbariyati yöq qilingan taqdirda avtomatik rejimda qasos yadro zarbasini yöllaşi kerak bölgan strategik obʼektning özi toğ içida joylaşgan bölib, u yerosti xonalari va tonnellar, radiomarkazlar, aloqa va hayotni taʼminlaş tizimlari, şuningdek, strategik yadro kuçlarini boşqariş apparaturasini öz içiga oladi.
Xalinning tuşuntirişiça, Rossiya rahbariyati 1335-obʼekt tufayli “qasosni ham avtomatlaştirilgan, ham avtomatik rejimda”, yaʼni yakuniy qarorni qabul qilişda inson iştirokisiz amalga oşiriş vositasiga ega bölgan. Taqqoslaş uçun: Sovet “Perimetr”ida sönggi “tugmani bosiş” maşina emas, balki navbatçi ofitserlar çekiga tuşar edi. Örganilgan hujjatlardan körinişiça, tizimning töliq avtomatik rejimda işlaganiga oid dalillar mavjud emas.
Stenford universiteti professori, amerikalik yadro qurollarini tarqatmaslik böyiça mutaxassis Jeffri Lyuisning hisoblaşiça, Kreml “Grot”ni “barqarorlaştiruvçi element” – Rossiya rahbarlariga “köproq işonç va vaqt” beradigan vosita deb biladi.
“Ular buni qandaydir karikaturaviy yovuz bölganliklari uçun qilişayotgani yöq. Ular qalban özlarini beqaror his qilganliklari uçun şunday yöl tutişmoqda. AQŞ Putinga nisbatan Eron yetakçisi bilan qilgan işini takrorlaşi mumkinligidan xavotirdalar”, deydi u.
Davlat xaridlarining örganilgan hujjatlariga köra, qurilişi 1982 yilda boşlangan obʼekt uçun 22 ming tonna pölat va 56 ming tonna tsement yetkazib berilgan. Hisob-kitoblarga köra, uşbu materiallar miqdoridan Moskva metrosining yondoş tonnellari bilan birgalikdagi ikkita yirik zamonaviy bekatini qurişga yetadigan darajada beton işlab çiqariş mumkin edi.









