Putin Şavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

Putin Şavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

Bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, suhbat avvalida Rossiya yetakçisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat, döst Özbekiston xalqining farovonligi yölidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Rossiya har tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlarining ösiş surʼatlarini saqlab qoliş, ustuvor yönalişlarda yetakçi korxona va kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, ikki mamlakat hududlari örtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Madaniy-gumanitar almaşinuv faol davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Özbekiston va Rossiya yetakçilari bölajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ham körib çiqqan. 

Maʼlumot uçun, bugun, 24 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 69 yoşga töldi.

Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida şifokor oilasida tuğilgan. Millati – özbek. Oliy maʼlumotli, 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işladi.

1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat körsatgan.

1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga katta hissa qöşgan.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda demokratik islohotlarni amalga oşiriş borasidagi muhim qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş jarayonida faol iştirok etib, samarali faoliyat olib borgan.

Şavkat Mirziyoyev 2003 yilda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri etib tasdiqlangan va uşbu lavozimga yana uç marta – 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlangan.

U 2016, 2021 va 2023 yillarda bölib ötgan prezident saylovlarida ğalaba qozonib, Özbekiston Prezidenti etib saylangan.


×