Özbekistonda 4 yilda bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgan

Özbekistonda 4 yilda bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgan

Özbekistonda 4 yilda 14 yoşga tölmagan bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgani maʼlum böldi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yiğilişida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi Gulruh Agzamova maʼlum qildi.

Uning bildirişiça, 14 yoşga tölmagan şaxslarning nomusiga tegiş böyiça 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta, 2025 yilda 123 ta – tört yil içida 445 ta jinoyat işi qözğatilgan. Deputat uşbu statistikani keltirib, “Adolat” SDP fraktsiyasi taşabbusi asosida kiritilgan – bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasining mazmuniga töxtalgan.

Uning bildirişiça, qonun loyihasida 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib, ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş közda tutilmoqda.


Ikkinçidan, qonun loyihasida bolaning jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlarni sodir etgan şaxslar javobgarlikka tortiş muddati ötganligi sababli javobgarlikdan va jazoni ijro etiş muddati ötganligi bois jazodan ozod qilinmasligi qatʼiy belgilanmoqda. Bu orqali bola hayotiga tajovuz qilgan oğir qilmişlar uçun jazo muqarrarligini taʼminlaşga qaratilgan huquqiy kafolatlar kuçaytirilmoqda.

Uçinçidan, bolalarni himoya qiliş faqat jinoyat sodir etilgandan keyin jazo tayinlaş bilan çeklanmaydi. Zöravonlikni oldini oliş, jabrlangan bolaning huquqlarini taʼminlaş va uning manfaatlarini tergov hamda sud jarayonlarida himoya qiliş ham birdek muhimdir. Şu maqsadda zöravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayoni videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar böyiça jabrlangan bola bilan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçini yuzlaştirişni maxsus tartib asosida ötkaziş taklif etilmoqda. Bolaga yaqin şaxslar tomonidan zöravonlik sodir etilgan holatlarda esa jinoyat işini sudga qadar yuritiş va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokini taʼminlaş nazarda tutilmoqda”, deydi deputat.

Uning bildirişiça, törtinçidan, zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş mexanizmi joriy etilmoqda. Bu bolalarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda ularning moddiy imkoniyatlaridan qatʼi nazar, malakali yuridik yordam oliş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Beşinçidan, voyaga yetmaganga nisbatan qasddan badanga oğir va örtaça oğir şikast yetkaziş, bir guruh şaxslar tomonidan 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilişini oğirlaştiruvçi holat sifatida baholaş, şuningdek, voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş ham nazarda tutilmoqda.

Oltinçidan, hujjatda bolalarning xavfsizligi uçun ota-ona va taʼlim muassasalari xodimlarining masʼuliyati ham alohida belgilanmoqda. Bolalarni tarbiyalaş majburiyatini bajarmaslik, şahvoniy şilqimlik qiliş va nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni buziş kabi huquqbuzarliklar uçun maʼmuriy jazo çoralarini kuçaytiriş, taʼlim-tarbiya jarayonida pedagog tomonidan bolaga nisbatan zöravonlik sodir etilgan taqdirda esa mehnat şartnomasini iş beruvçi taşabbusiga köra bekor qiliş uçun huquqiy asos yaratiş ham taklif etilmoqda.

Şu bilan birga, bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun javobgarlik belgilaş ham nazarda tutilgan.

“Asosiysi, zöravonlikka uçragan bola yordam söraş uçun idorama-idora yugurmasligi, öz boşidan keçirgan dahşatli voqeani qayta-qayta sözlab berişga majbur bölmasligi kerak. Aksinça, davlatning özi uning oldiga borişi kerak. Unga yordam qölini çözişi, huquqlari va xavfsizligini taʼminlaşi şart. Xorijiy tajriba örganiş maqsadida Daniya, Xorvatiya, Şvetsiya, Şveysariya, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon davlatlarining qonunçiligi örganib çiqildi”, deydi Gulruh Agzamova.

Uning aytişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi Özbekiston Respublikasining davlat byudjetidan qöşimça mablağlar ajratilişini talab qilmaydi. Qonun loyihasi belgilangan tartibda Oliy sud, Boş prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, bola huquqlari böyiça vakil, Davlat xavfsizlik xizmati hamda boşqa manfaatdor idora va taşkilotlar bilan kelişilgan.


×