Namangandagi suv omboridan ona-bolalarning jasadi topildi

Namangandagi suv omboridan ona-bolalarning jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 oktyabr kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida joylaşgan «Eski yer» suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, 2020 yil 26 oktyabr kuni soat 17:00 larda Yangiqörğon tumani, Navkent mahallasida yaşovçi ayol N.Ğ. (1984 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) şarʼiy nikohdagi turmuş örtoği oilasiga tegişli bölgan 2,0 gektar tutzor uçun ajratilgan yer maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bölib, bu haqida xat yozib qoldirgan.

Söng, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan tumandagi «Yangiqörğon eski yer» suv omboriga kelib, omborning boşlaniş qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga taşlab, ularning çökib ölganligiga işonç hosil qilgandan söng, özini ham suvga taşlab, joniga qasd qilgan.    

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

×