Isroil qanday qilib falastinliklarni nazorat qiladi?

Isroil qanday qilib falastinliklarni nazorat qiladi?

Uşbu maqola 2017 yil 25 mayda “The Washington Post” naşri eʼlon qilgan “A Palestinian’s daily commute through an Israeli checkpoint” hikoyasi asosida tayyorlandi. Hikoyaga naşr va til talablariga köra, kiçik tuzatişlar kiritildi.

Ğarbiy Sohil – yulduzli osmon ostida har bir yoş, işlaşga layoqatli falastinlik erkak hali tong otmasdan turib, Isroildagi işi tomon yöl oladi.

Uning ismi Tarek Al Tavil. U şunçaki falastinlik oddiy mardikor erkak. Tavil şarqiy Quddusdagi yahudiy aholisi uçun zamonaviy köp qavatli turar joylarni quradi. Bu yerdagi har bir 5 xonali pentxaus xonadon 600 ming dollardan sotiladi.

Tavil işidan nolimaydi. U kuniga 250 şekel, yaʼni taxminan 68 dollar işlab topadi. Uning aytişiça, bu Ğarbiy Sohilda topadiganidan ikki baravar köp. U otasi, amakilari va akalari bilan birga işlaydi. Ular özlari qilayotgan işlaridan faxrlanadi. Hatto mobil telefonlarida alyuminiy rom örnatiş, nozik duradgorlik va murakkab kafel teriş işlarining fotosurtlarini saqlaşadi.



Bu yerda unga öxşaş yana minglab erkaklar bor. Ular Isroilni quryapti. Haftasiga 5 yoki 6 kun, hali bomdod vaqti kirmasidan, xöroz qiçqirişidan oldin uyğonişadi. Ularning uyğotkiçlari soat 3:30 ga sozlangan.

Har tongda, falastinlik minglab işçilar Ğarbiy Sohildagi Xevron şahridan Isroil hududiga işlagani ötadi. Örtada göyoki zamonaviy dunyoni xarobalardan ajratgandek baland devor tortilgan. Şarqiy Quddusga faqatgina “Checkpoint 300” (Baytlahm) nazorat-ötkaziş punkti orqali ötiş mumkin.

“Gap işda emas. Gap Isroilning nazoratdan ötkaziş punktida. Men undan nafratlanaman”, deydi Tavil.

“Baʼzan ertalab turaman-u, nazorat punktiga borgim kelmaydi. Boşimni yana yostiqqa qöyaman. Ayolim esa: “Bolamizni boqişingiz kerak. Turing, turing!” deydi. Men turaman”, deydi yana u.

Falastin hududlari bölmiş Ğarbiy Sohil va Ğazo sektorining Isroil tomonidan egallab olinişi deyarli 60 yil oldin, iyun oyida boşlangan. Tavil esa şu yili 40 yoşga töldi. U kabi har beş falastinlikdan törttasi bosqindan boşqa narsani körmay yaşagan. Ular uçun Ğarbiy Sohil doim şundan bölib kelgan, Isroilning zöravon tuzumi ostida. Isroil harbiylari va razvedka xizmatlari Ğarbiy Sohildagi 2,6 million arab aholisini bunga işontirgan, şu orqali ular nazoratni saqlab turadi.

Kelasi yil Quddus bosib olinganiga 60 yil böladi. Isroil qöşinlari 1967 yilgi olti kunlik uruşda butun Quddusni egallab olişgan edi. Bu voqea har bir isroillik uçun faxrli ğalaba hisoblandi.

Ammo boşqa tomondan esa, falastinliklar şunçalik uzoq davom etayotgan harbiy okkupatsiyani boşdan keçirib kelmoqdaki, buning oğriğini hududga yuborilgan isroillik harbiylardan boşqa heç kim ilğamaydi.

Boş vazir Binyamin Netanyaxu, umuman olganda, bu voqeani “işğol” deb ataydi. Isroillik boşqa köplab yahudiylar esa, buni heç qanday bosqin emas, aksinça, barça Isroil yerlari Xudo tomonidan yahudiylarga berilganini taʼkidlaydi. Boşqa isroilliklar esa Ğazo endi işğol qilinmaganini, çunki Isroil sal kam yigirma yil oldin qirğoq çiziğidan bir tomonlama çiqib ketganini taʼkidlaydilar.

Nima deb atalişidan qatʼi nazar, u heç qaçon tugamaydiganga öxşaydi. Tinçlik örnatilmagani uçun kim aybdor ekanligi haqida minglab kitoblar yozilgan. Prezidentlar Bill Klinton, Jorj Buş va Barak Obama ikki davlatga ham birdek maʼqul yeçimni topa olmadilar. Tramp ham bir neça bor urinib kördi, ammo heç narsa çiqmadi.

Lekin bu jarayon aslida qanday tuyuladi? “Biz Yaqin Şarqdagi yagona demokratiyamiz” deb maqtanadigan Isroil tomonidan kuç bilan uşlab turilgan Ğarbiy Sohil. (Absurd)

Tavil nafaqat özi qörqqan, balki butun dunyo uyalişi kerak bölgan nazorat-punkti haqida gapirib berişga rozi bölib jasorat körsatdi. Otasi uni hatto Amerika gazetasi bölsa ham, ikki jurnalist bilan gaplaşişi Isroilga kiriş ruxsatnomasini xavf ostiga qöyişi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Ruxsatnoma – bu hayot”, dedi otasi.

Isroil içki xavfsizlik xizmati – “Şin Bet” falastinliklar haqida ulkan fayllarni saqlaydi va har kuni “xavfsizlik” degan sababdan boşqa heç qanday izoh bermasdan, işlaş, yölga çiqiş va tibbiy ruxsatnomalarni rad etadi yoki bekor qiladi.

Iş ruxsatnomalari erta tongda falastinliklarga Isroilga kirişga imkon beradi, ammo kun oxiriga qadar çiqib ketişi kerak böladi. 2017 yilgi maʼlumotga köra, 70 mingga yaqin falastinlik qonuniy ravişda Isroil hududida işlaydi, ularning aksariyati qurilişda mehnat qiladi.

Tavil har tong Şarqiy Quddusdagi quriliş maydonçasiga yetib borişi 3-4 soat vaqt sarflaydi, ammo masofa atigi 32 kilometr. Işga vaqtida yetib boriş uçun juda barvaqt yölga çiqiş kerak.

“Biz qoronğida çiqib ketamiz va qoronğida qaytamiz. Bu tabiatga zid”, deydi Tavilning amakilaridan biri.

Tavil örta maʼlumotga ega kelişgan, yelkalari keng, baquvvat erkak. U uylangan, bir nafar öğil farzandi bor (2017 yil maʼlumoti). Uni nazorat punktidan boşqa joyda körsangiz doim hayotdan mamnun körinadi.

Tavil toş teriş va suvoqçilik işlarida tajribali. Uning mahorati unga iş topişga yordam bergan. Lekin çegaradan ötiş uçun beriluvçi ruxsatnoma olişiga uning çaqaloq farzandi borligi sabab bölgan edi.

Isroil sayohat yoki iş ruxsatnomasi bölmagan falastinliklar uçun yopiq, faqat Şarqiy Quddus aholisi bundan mustasno, ular maxsus maqomga ega. Agar nazorat punktlari oçiq bölsa, 50 yoşdan oşgan falastinlik ayollar va 55 yoşdan oşgan erkaklar Ğarbiy Sohildan ruxsatnomasiz bir kunga kirişlari mumkin. Ğazoda esa vaziyat yanada jiddiyroq, hududda yaşovçi barça falastinliklar maxsus ruxsatnomaga ega bölişlari kerak.

Ruxsatnoma sörab murojaat qilgan erkaklar uçun alohida talablar mavjud. Talabgorlar kamida 23 yoşda, uylangan va farzandli bölişi kerak. Tavil ham farzandi tuğilgandan keyingina ruxsatnoma ololdi.

Bugungi kunda Isroil harbiy maʼmuriyati tomonidan harakatlaniş uçun 100 dan ortiq turdagi ruxsatnomalar beriladi: çet elga boriş yoki öqiş, Quddusdagi muqaddas joylarda namoz öqiş, qarindoşlarni yöqlaş, nikoh yoki dafn marosimida qatnaşiş, davolaniş va ajratuvçi devorning u tomonida işlaş uçun.

Kerakli hujjatlarni olganlar ham doimiy nazoratda böladi. Isroil razvedka xodimlari Tavil kabi oilali erkaklar ruxsatnomani yöqotişdan qörqqani tufayli, jinoyat sodir etiş ehtimoli kamroq deb hisoblaydi.

Taxminan soat 4:20 da Tavil va olti hamkasbi köçaning oxirigaça piyoda yurib borib, Baytlahmga boriş uçun mikroavtobusga ötiradi. Haydovçidan taşqari hamma darhol mudray boşlaydi.

“Köproq uxlaş neʼmatdir”, deydi Tavil.

Ikki qatorli 60-magistral böylab şimolga qarab yöl olgan ular Falastinning Saʼir şahridan ötib ketdi. Magistralning narigi tomonida “Kiryat-Arba” joylaşgan. Bu uyda 1994 yilda Patriarxlar ğorida 29 musulmonni avtomat bilan qirgin qilgan amerikalik yahudiy şifokor Barux Goldşteyn yaşagan. 300-nazorat punkti Isroilning baland beton devorlari orasidan ötadi. Devorlarga Falastin graffitilari va Benksi murallari tuşirilgan. Bu ötiş joyida tez-tez falastinlik yoşlar va isroillik harbiylar örtasida töqnaşuvlar bölib turadi. Mahalliy aholi devor tomonga toşlar otib, şinalar yoqib özlarining eʼtirozlarini namoyişkorona bildiradi. Isroil harbiylari esa, közdan yoş oqizuvçi gazlar, rezina öqlar va baʼzan hatto haqiqiy öq-dorilardan foydalanib ularni bostiradi.

Soat hali beş bölib ulgurmasdan Tavil va uning şeriklari nazorat punkti yoniga yetib keladi. Bu vaqtda markazda faqat novvoyxonadangina yoruğlik taralib turadi. Ammo taksilar, mikroavtobuslar va avtobuslar karvonlari manzilga yetib kelişi bilan, undan tuşgan odamlar devor yoniga intilişadi. Bu yerda kuzatuv minoralariga ega 8 metrli beton devor bor. U yerda allaqaçon olomon yiğilgan.

Tavil bu tös-töpolonga qöşilişni istamaydi. Eski devor ustida çönqayib, bir muddat pastdagi ğala-ğovurlarni tomoşa qilib turadi. Ammo uning amakilari, ukasi va otasi u kabi sabrli emas, ular birinçi bölib olomonga özini uradi.

Bir neça yil oldin Tavilning otasi nazorat punktidagi tiqilinçda qovurğasi singan edi. Qon bosimi yuqori bölgan amakisi esa olomon içida huşidan ketib qolgandi.

“Heç qaçon, heç qaçon yiqilmang”, deb ogohlantirdi Tavil.

Şarqiy Quddusga ruxsatnoma ololmaganlar ham işlaş uçun çegaradan ötişadi. 30 000 dan 50 000 gaça odamlar Isroilga kiriş uçun drenaj quvurlari orqali yugurib ötişadi va devorlarga ilgaklar yoki qölda yasalgan narvonlar bilan çiqişadi.

“Bu qörqinçli”, dedi Tavil.

Ğarbiy Sohildan kelgan işçilar uçun Isroilga kirişga imkon beruvçi 13 ta asosiy nazorat punkti mavjud. Har bir falastinlik işçida qaysi ötiş punkti eng sekinligi, qaysi biri eng tezkorligi yoki eng gavjumi qaysi-yu, eng qulayi qaysi kabi reytinglar mavjud. Qaysi punktning nazoratçilari eng qöpol-u, qay birida eng professional askarlar xizmat qiladi va hatto eng jirkanç hojatxonalar borligi haqida bahslaşadi.

Baʼzi ötiş joylari ança yaxşilandi. Ammo falastinliklarning aytişiça, 300-nazorat punkti hali ham eng yomonlaridan biri. Ğarbiy Sohilning janubiy qismida yaşovçilar uçun esa eng yaqini şu.

Mahalliy aholining punktdan ötiş jarayonini tasvirlovçi ajoyib luğati bor. Ularning aytişiça, birinçi bölib ular “qafaslar”ga (uzun panjarali yölaklar) kirişadi, söngra “tovuq yulğuvçilar”ga (turniketlar) tiqilişadi. Keyin u yoqdan zerikkan isroillik askarlar ötiradigan “akvariumlar”ga ötişadi, öq ötmas şişa ortida turgan askarlar yaşil ruxsatnomadagi surat bilan yuzlarni soliştiradi. Navbat kutayotganlardan taşqari panjaralar ustidan sakrab ötib ketadigan yoşlar ham bor. Ularni “devor emaklovçilari” va “jallodlar” deb ataşadi. Falastinliklarning aytişiça, bu sözlarning barçasi hayvonot boğidagi hayvonlarni tasvirlaydi, yaʼni ular özlariga qilinadigan munosabatni şunday körişadi.

Odamlar doimgi kir iş kiyimlarini kiyib olişgan. Ular bamisoli tölqin kabi harakat qiladi: ikki qadam oldinga, bir qadam orqaga. Harbiylar esa ularni yuqorida örnatilgan kameralar orqali beparvo kuzatadi.

Oddiy falastinlik işçilardan bosqin ostida yaşaş qanday tuyulişini sörasangiz, ular uçta sözni işlatişadi: alam, kamsitiliş va bosim.

“Öylaymanki, ular buni qasddan, bizni öz örnimizga ötqazib qöyiş uçun qilişadi”, deydi 51 yoşli kafelçi Abu Rafat.

Tavil çegaradan zör-bazör ötib olgaç, uni kutib turgan maşina tomon yuguradi. Agar işçilar öz vaqtida yetib bormasa, ular pul yöqotadi.


×