Barçangiz 2009 yilda Amerika kinoakademiyasining “Oskar” mukofotiga sazovor bölgan “Xarobadan çiqqan millioner” filmini körgan bölsangiz kerak. Filmning bir epizodida boş qahramon Jamolning akasi unga “Hindiston oldingidek xaroba davlat emas, u tez rivojlanyapti”, deydi. Darhaqiqat, Hindiston bugungi kunda har sohada ösişga erişmoqda. Ayniqsa, IT yönalişida.

Hozirda axborot texnologiyalari tuşunçasi hindlar bilan çambarças yönalişga aylanib bormoqda. Dunyoning texnologik gigant kompaniyalari Google, Global Foundries, Twitter, Alphabet, Microsoft, Nokia, Adobe va Networks rahbarlari hindlar hisoblanadi. Amerikaning Facebook, Google, Amazon kabi global axborot kompaniyalari va arab investitsiya fondlari Hindiston axborot maydoniga sarmoya kiritiş, Jio Platforms kabi hind IT korporatsiyalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş uçun navbatda turibdi. Jahon bozoridagi IT mutaxassislarining törtdan uçtasi hindlardir. Hindiston IT mahsulotlarining 38 foizini işlab çiqaruvçi Bangalor şahri yaqin yillar içida dunyoning axborot texnologiyalari markazi hisoblanadigan San-Frantsiskoni doğda qoldirib, jahon yetakçisiga aylanişi mumkin.
Bu qanday sodir böldi?
Hindistonda axborot texnologiyalarini rivojlantiriş ğoyasi ança oldin paydo bölgan. Ötgan asrning 70-yillariga qaytamiz, AQŞda Internet DARPA endigina paydo bölib, birinçi şaxsiy kompyuterni yaratiş singari şubhali ğoyani ilgari surgan, Xitoyda “qizil gvardiyaçilar” şoli dalalariga “hujum qilgan” universitet öqituvçilarini kaltaklaşgan vaqtda, Hindistonda hukumat tomonidan dasturiy mahsulotlarni işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi kompaniyalar uçun qulay şart-şaroitlarni taʼminlovçi davlat dasturi qabul qilingan. Ularga subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va pasaytirilgan bojxona stavkalari taqdim etildi.
1973 yilda Bombey (hozirgi Mumbay) yaqinida xorijiy mijozlar uçun dasturiy taʼminot eksportiga ixtisoslaşgan birinçi maxsus iqtisodiy zona – SEEPZ taşkil etildi. Birinçi hind IT kompaniyasi Tata Consultancy Services’ga 1968 yilda asos solingan bölib, u 1975 yilda Şveytsariya, Kanada va Janubiy Afrikadagi banklar uçun dasturiy taʼminotni sotgan. 2021 yilga kelib mazkur kompaniya bozor kapitallaşuvi 200 milliard dollarni taşkil etgan eng yirik transmilliy IT korporatsiyasiga aylandi.

Biroq keyingi çorak asrda Hindistonda IT sohasi milliy va jahon bozorlarida körinmay qoldi. 90-yillarda Hindistonning butun axborot sanoati bir neça ming IT mutaxassislardan iborat bölib, taxminan 100 million AQŞ dollari miqdoridagi axborot texnologiyalari eksport qilardi. Bunday natija yirik davlatlar uçun qoniqarli emasdi. Ammo bu sustlik ortida Hindiston rahbariyati va kompaniyalarining keyingi muvaffaqiyatlar kaliti bölgan 80-90 yillarda uzoqni öylab qilgan tizimli işi yotardi.Misol uçun, Hindiston Boş vaziri Rajiv Gandi 1984 yilda “yangi kompyuter siyosati” (NCP-1984) hujjatini imzoladi. Unga köra, dasturiy taʼminot va uskunalarni import qiliş uçun boj 60 foizgaça qisqartirildi, mahalliy kompaniyalar faoliyatini litsenziyalaş bekor qilindi. Litsenziya xizmatlar kölamini çeklaş va barça iqtisodiy sohalarni nazorat qiliş uçun zarur edi. Şuningdek, hujjat 100 foiz xorijiy kapital iştirokidagi eksport kompaniyalariga bozorga kiriş imkonini berdi (lekin litsenziya oliş majburiyati bilan – tahr.), maxsus iqtisodiy zonalar kengaytirilib, ijara stavkalari pasaytirildi, taʼlim dasturlari yölga qöyildi. Hindistonlik IT mutaxassislar xorijiy kompaniyalarda işlaş uçun AQŞ va Yevropaga jönab ketdi. Ularning baʼzilari öşa yerda qolişdi, baʼzilari yangi bilim va könikmalar bilan uyga qaytişdi.

Öng tomondan birinçi şaxs Boş vazir Rajiv Gandi
Şundan söng, Hindistonning IT sohasi XXI asr boşidagi “axborot inqilobi” tölqinini işonçli tarzda bosib ötdi. Inqilob buriliş nuqtasi sifatida 1990 yil oxirida juda köp şov-şuvga sabab bölgan “2000 yil muammosi” (Y2K) eʼtirof etiladi. Bu nimani anglatadi?
Gap şundaki, XX asrda çiqarilgan dasturiy taʼminotni işlab çiquvçilar yil va sanalarni körsatiş uçun baʼzan ikkita belgidan foydalangan. Oqibatda asr oxiriga kelib muammo yuzaga kelgan. Masalan, 1951 yil 1 yanvar dasturda “01.01.51” şaklida körsatilgan. Natijada, eski amaliyot böyiça 1999 yildan keyin 1900 yilga kelişi kerak edi (2000 yilni yoziş uçun oxirgi ikki raqam, yaʼni 00 foydalaniladi, bu tizimda 1900 yilni anglatardi), bu esa katta hajmdagi kompyuterlar, şu jumladan muhim tizimlarning nosozliklariga olib kelişi mumkin edi. Eski kodni tuzatiş uçun IT mutaxassislarining butun armiyasi kerak böldi. Hindiston ularni jahon bozoriga taqdim eta oldi.
2000-yillar boşida Hindiston IT mahsulotlarini eksport qiliş hajmi böyiça yetakçilikni egallab, global IT autsorsing bozorida old örinni band qildi. Töğri, öşa paytda eksportning asosiy uluşini arzimagan pul uçun işlaşga tayyor mutaxassislar taşkil etardi. Baʼzilari ikki haftalik maşğulotdan söng, faqatgina oziq-ovqatga yetadigan maoş evaziga kodlaş işini boşlardi.
Şu sababli, 2000 – 2010 yillar oraliğida “Hind kodi” jahon IT mutaxassislari uçun juda ham tuşunarsiz edi. Biroq, vaqt ötişi bilan odamlar va kompaniyalar dunyo standartlariga moslaşişdi. Hindistonda IT sanoati jadal rivojlanib, tobora katta va jiddiy buyurtmalarni qabul qila oldi. Şu bilan birga, çeksiz xorijiy buyurtmalar bozori aqlli yoşlar uçun qaşşoqlikka qarşi najot böldi. Mumbaydan taşqari, Bangalor, Haydarobod, Çennay şaharlari global ahamiyatga ega bölgan yirik IT markazlar sifatida şakllandi.
Bular natijasida, Jio Platforms kabi IT gigantlari va hukumatning saʼy-harakatlari bilan Hindiston axborot texnologiyalari mamlakatiga aylandi. Agar 2010 yilda mamlakat aholisining atigi 7,5 foizi butunjahon internet tarmoğidan foydalangan bölsa, 2020 yilda arzon internet va mahalliy işlab çiqarilgan smartfonlar tufayli internetdan foydalanuvçi hindlar jami aholining yarmidan oşib, qariyb 700 millionga yetdi. Bu Hindistonni butun dunyo böylab tarmoqdan foydalanuvçilar soni böyiça Xitoydan (2020 yil holatiga köra 900 million) keyin dunyodagi ikkinçi yirik davlatga aylantirdi. Şunday qilib, global IT gigantlari 2019-2020 yillarda mos ravişda Hindistonga köçib ötişdi.
Xitoy bilan qarama-qarşilik

Hindiston qöşnisi bilan hududiy muammolar tufayli önlab yillar davomida sust “sovuq uruş” olib bormoqda. Sobiq Prezident Donald Tramp davrida Qöşma Ştatlarning XXR bilan munosabatlari hamkorlikdan qarama-qarşilik tomonga ögirildi va Bayden maʼmuriyati ham bu yönalişni qöllab-quvvatlayapti. Pekinning ambitsiyalari kuçayib borayotgan şaroitda Dehli Vaşington va Osiyo-Tinç okeani mintaqasining boşqa mamlakatlari uçun tabiiy ittifoqçi va şerikka aylanadi. AQŞning “Xitoy kommunistlariga aloqador” kompaniyalar bilan hamkorlik qilganlik uçun sanktsiyalar joriy qiliş siyosati sabab "Osmon osti" mamlakatiga sarmoya kiritiş haddan taşqari xavfli va öz oyoğiga bolta urib bilan barobar bölib qoldi. Boşqa tomondan, Hindiston investitsiyalar, autsorsing va sotiş uçun xuddi şunday yirik bozor taklif qilmoqda.
Töğri, Xitoyda internet foydalanuvçilari juda köp, lekin ular hokimiyat tomonidan qattiq tartibga solinadi va tsenzura mavjud. Kommunistik partiyaning rahbarlari “buzğunçi ğoyalar”ni oldini oliş maqsadida IT mutaxassislarini xalqaro korporatsiyalar (odatda Ğarb) bilan hamkorligini maʼqullamaydi.
Şunday şaroitda, koronavirus pandemiyasining taʼsiri tarixan paternalist (Hokimiyat fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini taʼminlaydi. Buning evaziga fuqarolar hokimiyatga öz xatti-harakatlari va kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot beradigan munosabatlar tizimi) bölgan Hindiston hukumati investorlarni jalb qiliş umidida çeklovlar va nazoratni yumşatişga majbur böldi. Natijada investorlar Nyu-Dehliga oşiqa boşladi. Hindiston rasmiylari – hukmron partiya BJP (Bharatiya Janata partiyasi), asosiy muxolifat INC (Hindiston Milliy Kongressi) – öz tarafdorlari va IT mutaxassislarining Ğarb kompaniyalari bilan hamkorligini qöllab-quvvatlaydi. Bu yölda 2015 yildan boşlab Boş vazir Narendra Modi hukumati IT loyihasi doirasida startaplar uçun qulay şaroitlar yaratdi. Hindiston tadbirkorlik uçun dunyodagi uçta yirik IT markazlaridan biriga aylandi.
Islohotlar öz samarasini bermoqda. 2019-2020 yillarda Hindistonning IT xizmatlari eksporti 150 milliard dollarni taşkil etdi, bu sohada 12 million iş örni yaratildi. Milliardlab dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilingan 7 mingdan ortiq startap faoliyat yuritmoqda.
Hozirda Hindiston janubidagi Karnataka ştatining poytaxti Bangalor haqli ravişda “Osiyo silikon vodiysi” deb ataladi. 2018 yilda u Hindistonning barça IT sohasidagi eksportlarining qariyb 38 foizini bir özi işlab çiqargan va u yaqin yillarda dunyodagi eng yirik IT klaster bölişi taxmin qilinmoqda.

Töğri, Hindiston hali ham ulkan ijtimoiy va iqtisodiy nomutanosibliklarga ega bölgan kambağal mamlakat hisoblanadi. Raqamli korporatsiyalar, rivojlaniş markazlarining osmonöpar binolari va yuz millionlab savodsiz dehqonlar yaşovçi dahşatli xarobalar bilan yonma-yon qad rostlagan.
Şunga qaramay, Hindistonning IT sohasidagi muvaffaqiyati hayratlanarli, uning istiqbollari juda qiziqarli körinadi va global muhitdan mohirona foydalaniş orqali XXI asrning örtalarini jahon iqtisodiyoti “Hind davri”ga aylantirişi mumkin, xuddi uning boşlanişi “Xitoy davri” deb nomlangani kabi.









