Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov “Bir makon, bir yöl” uçinçi xalqaro forumi bölib ötadigan Pekinga taşrif buyurdi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin forumda iştirok etiş niyatini bildirgan edi. U Pekinda bölişi davomida Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I bilan muzokaralar ötkazişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, Vengriya diplomatik xizmati rahbari Peter Siyyarto ham Sergey Lavrov bilan uçraşişga tayyorligini bildirgan. Maʼlum qilinişiça, Siyyarto va Lavrov Falastin-Isroil mojarosini muhokama qilişadi.
Avvalroq, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yöl” uçinçi xalqaro forumi tadbirlarida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Pekin şahrida bölişi maʼlum qilingan edi.
Maʼlumot örnida, “Bir makon, bir yöl” taşabbusi 2013 yilda Xitoy raisi Si Tszinpin tomonidan ilgar surilgan kontseptsiyadir. Uşbu kontseptsiya manfaatdor davlatlar iştirokida xalqaro köp tomonlama savdo va sarmoyaviy loyihalarni kengaytiriş hamda Xitoy va xorijiy kapitaldan foydalanişni nazarda tutadi. Unga 150 dan ortiq davlat va 30 dan ortiq xalqaro taşkilotlar qöşilgan.
Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Pekin şahrida “Bir makon, bir yöl” uçinçi xalqaro forumi bölib ötadi.









