AQŞ va Isroil Iordaniyaning Quddusdagi Al-Aqso majmuasi ustidan tarixiy vasiylik huquqini bekor qiliş böyiça faol iş olib bormoqda. Bu haqda “Middle East Eye” xabar berdi.
Uşbu reja oqibatida Iordaniyaning Quddusdagi diniy boşqaruvdagi roli kamayişi va uning örnini Isroil manfaatlariga yaqinroq yangi kelişuv egallaşi mumkinligi aytilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, taklif AQŞ Prezidentining kuyovi, sobiq maslahatçi Jared Kuşner hamda AQŞning Isroildagi elçisi Mayk Xakabi tomonidan ilgari surilgan. Rejaga köra, Iordaniya tomonidan boşqariladigan “Vaqf” taşkiloti vakolatlari bekor qilinib, uning örniga Isroil hukumati tomonidan yangi boşqaruv organi tuzilişi közda tutilgan.
Uşbu yangi tizim Al-Aqso majmuasini “köp dinli markaz” sifatida eʼlon qilişi va yahudiylarga ham kengroq kiriş hamda jamoaviy ibodat qiliş imkonini berişi mumkinligi aytilmoqda.
Şuningdek, Isroil tomoni masjid imomlari, xutbalar va diniy rahbarlar tayinlanişida ham katta taʼsirga ega bölişi mumkinligi bildirilgan.
Manbalaraga köra, AQŞ tomonidan tayyorlangan hujjatda Al-Aqsoning musulmonlarga tegişli diniy maqomini özgartirib, uni barça “Ibrohimiy dinlar” vakillari taşrif buyuradigan sayyohlik maskaniga aylantiriş taklifi ham mavjud.
Xabarlarda aytilişiça, Bahrayn, Misr, Marokaş va BAA bu taklif haqida xabardor qilingan. Saudiya Arabistoni esa mazkur taşabbusga qarşi çiqqan.
Iordaniya tomoni esa bu rejani keskin tanqid qilib, Al-Aqso ustidan Hoşimiylar vasiyligi mintaqaviy barqarorlikning asosiy kafolati ekanini taʼkidlagan. Şu bilan birga, Iordaniya parlamenti ham Isroilning Al-Aqso atrofidagi yer va islomiy mulklarni nazorat qilişga urinişlarini qoralagan.









