Olmazordagi maktabda öquvçi sinfdoşini piçoqladi. Holat yaşirilmoqda

Joriy yilning 11 noyabr kuni Toşkentning Olmazor tumanidagi 191-sonli maktabning 9-sinfida öquvçi ikki bola özaro janjallaşib, biri boşqasini piçoqlab qöydi.

Ikki öquvçi örtasidagi kelişmovçilik maktab hududida boşlanib, keyinroq taʼlim muassasasi taşqarisida davom etgan. Piçoqbozlik soat 11:30 lar atrofida yuz bergan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Biroq oradan ikki kun ötsa-da na tuman, na şahar içki işlar organlari bu haqda maʼlumot berdi. Öquvçilar hamda umuman voyaga yetmaganlar örtasidagi şu va boşqa (jamoatçilik bexabar qoldirilgan) jinoyatlar bolalar jinoyatçiligi böyiça statistikaga kiritilarmikin yoki raqamlarni çiroyli qiliş uçun “tuya kördingmi – yöq” qabilida iş tutilarmikin?

Kişi eʼtiborini tortadigan yana bir jihat borki, bu ham bölsa öquvçilar örtasidagi piçoqbozlik mamlakatda jinoyatçilikka qarşi profilaktika kuni etib belgilangan payşanba kuni yuz bergan. Janjal vaqtiga qaralsa, öquvçilar darsda bölişi kerak edi, biroq unday bölmagan.

×