Dunyoda xalqaro çegaradan pasportsiz ötişi mumkin bölgan uç kişi bor, ular Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III hamda Yaponiya imperatori Naruxito va imperator xonimi Masakodir. Bu haqda “The European Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Çarlz III Buyuk Britaniya taxtiga ötirganidan söng uşbu imtiyozga ega bölgan. Britaniya qirollik oilasining rasmiy saytida monarx xorijga safar qiliş uçun Britaniya pasportiga muhtoj emasligi qayd etilgan.
Bunga sabab – Britaniya pasportlarida qirol nomidan xorijiy davlatlar vakillariga uşbu hujjat egasiga mamlakatga kirişda tösqinlik qilmaslik, zarur bölsa, unga yordam va himoya körsatişni sörovçi rasmiy murojaat bölişi bilan izohlanadi. Şu sababli qirolning özi bunday pasportga ega bölişi şart emas.
Mazkur imtiyoz avval qiroliça Yelizaveta II ga ham tegişli bölgan. U vafot etganidan keyin uşbu huquq yangi monarx Çarlz III ga ötgan. Kelajakda Britaniya taxtiga boşqa qirol yoki qiroliça keladigan bölsa, qoida unga ham tatbiq etiladi. Biroq qirolning rafiqasi qiroliça Kamilla bu imtiyozdan foydalana olmaydi. Qirollik oilasining boşqa aʼzolari, jumladan Uels şahzodasi Uilyam ham pasportga ega.
Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako uçun esa pasportsiz safar qiliş tartibi boşqaça asosga ega.
Maʼlumotlarga köra, 1971 yilda Yaponiya Taşqi işlar vazirligi imperator Xiroxito va uning rafiqasi Kojunning xorijga tarixiy safari oldidan imperator yoki imperator xonimi uçun oddiy yoxud diplomatik pasport beriş hamda ularni odatiy pasport va viza tartib-taomillaridan ötkaziş “öta noörin” bölişini belgilagan.
Şundan buyon Yaponiya imperatori va imperator xonimi xalqaro safarlarda pasportsiz harakatlanadi. Biroq bu ular xorijga heç qanday hujjatsiz boradi degani emas. Safar oldidan Yaponiya Taşqi işlar vazirligi boriladigan davlatni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi va zarur rasmiy tartib-taomillar davlatlar örtasidagi maxsus hujjatlar asosida amalga oşiriladi.
Yaponiya imperator oilasining boşqa aʼzolari esa bunday imtiyozga ega emas. Ular, jumladan xorijiy rasmiy taşriflar vaqtida, diplomatik pasportlardan foydalanadi.
Şu tariqa, Çarlz III, Naruxito va Masako xalqaro safarlar vaqtida odatiy pasportdan foydalanmaydigan 3 nafar amaldagi davlat arbobi sifatida qayd etilmoqda.









