Sunʼiy intellekt çatlaridagi sirlar sotuvga çiqişi mumkin

Sunʼiy intellekt çatlaridagi sirlar sotuvga çiqişi mumkin

Sunʼiy intellekt asosidagi çatbotlarni işlab çiquvçi Character.AI kompaniyasining bankrotlik jarayoni millionlab foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlari taqdiri borasida xavotirlarni keltirib çiqardi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Platforma foydalanuvçilarga turli virtual personajlar bilan suhbatlaşiş imkonini beradi. Undan ön millionlab odamlar, jumladan, voyaga yetmaganlar ham foydalangan. Ayrimlar çatbotlarga şaxsiy hayoti, munosabatlari va ruhiy keçinmalari haqidagi maxfiy maʼlumotlarni işonib topşirgan.

Kompaniya bankrotlik jarayonida ayrim aktivlarini 20 million dollarga Disney kompaniyasiga beriş böyiça kelişuvga erişgan. Garçi uşbu bitim foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlarini qamrab olmasa-da, sud hujjatlarida Character.AI maʼlumotlari boşqa xaridorlarga sotilişi mumkinligi qayd etilgan.


Vaziyat AQŞda ham jiddiy eʼtirozlarga sabab böldi. 40 nafar ştat boş prokuroridan iborat koalitsiya suddan kompaniya aktivlarini sotiş jarayonida bolalar xavfsizligi va foydalanuvçilar maxfiyligini himoya qiliş çoralarini körişni söradi.

Çatbotlarga işonib aytilgan sirlar kimning qöliga ötişi mumkin?

Elektron maxfiylik axborot markazining (EPIC) sunʼiy intellekt va inson huquqlari dasturi direktori Kalli Şrederning tuşuntirişiça, inson qiyofasidagi çatbotlar bilan suhbatlaşiş jarayonida odamlar odatdagidan köproq şaxsiy va nozik maʼlumotlarini oşkor qilişi mumkin.

Bundan taşqari, bunday suhbatlarda faqat foydalanuvçining özi haqidagi maʼlumotlar emas, balki uning oila aʼzolari, döstlari va tanişlariga tegişli maxfiy maʼlumotlar ham tarqalişi ehtimoli bor.

Mutaxassislarning xavotiri şundaki, sunʼiy intellekt kompaniyalari bankrot bölganda yoki boşqa korxonalar bilan birlaşganda, ular töplagan maʼlumotlar yangi egalar ixtiyoriga ötişi mumkin.

Character.AI maxfiylik siyosati kompaniyaga foydalanuvçilar maʼlumotlaridan yangi funktsiyalar yaratiş, sunʼiy intellekt modellarini öqitiş, algoritmlarni rivojlantiriş va maqsadli reklama uçun profillar şakllantirişda foydalaniş imkonini beradi.

Şreder bunday maʼlumotlarning boşqa kompaniyalar qöliga ötişi şaxsiy hayot daxlsizligi uçun jiddiy xavf tuğdirişini taʼkidlagan.

Sunʼiy intellekt kompaniyalarini qanday xavf kutmoqda?

BBC bilan suhbatlaşgan mutaxassislar sunʼiy intellekt tizimlarini yaratiş va işlatiş katta xarajat talab qilişini taʼkidlagan. Ayrim kompaniyalar esa uzoq muddat davomida foyda körmasligi mumkin.

Şu sababli sunʼiy intellekt bozorida moliyaviy inqiroz yuzaga kelişi kompaniyalarning yopilişi yoki birlaşişiga olib kelişi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda ular töplagan foydalanuvçilar maʼlumotlari qimmatli aktivga aylanişi mumkin.

AQŞning Şimoliy Karolina universiteti huquq professori Melissa Jeykobining fikriça, amaldagi maxfiylik qonunçiligi bankrotlik jarayonida foydalanuvçilarni har doim ham yetarliça himoya qila olmaydi.

Foydalanuvçilar öz maʼlumotlarini qanday himoya qilişi mumkin?

Mutaxassislar sunʼiy intellekt xizmatlaridan foydalanişda şaxsiy maʼlumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişni tavsiya qilmoqda.

Jumladan, foydalanilmayotgan sunʼiy intellekt xizmatlaridagi yozişmalar va şaxsiy maʼlumotlarni öçiriş, maxfiylik sozlamalarini tekşiriş hamda zarur hollarda kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş mumkin.

Character.AI ham foydalanuvçilar uçun akkauntni öçiriş böyiça körsatma eʼlon qilgan

Mutaxassislar sunʼiy intellekt xizmatlariga maxfiy maʼlumotlarni kiritişdan oldin ularning qanday saqlanişi va işlatilişiga eʼtibor qaratişga çaqirmoqda.


×