Tailandda çet el fuqarolariga mahalliy hokimiyat organlarini suiisteʼmol qilmasdan, öz vataniga borib öliş tavsiya etildi. Bu haqda “Nation” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Tailandda uzoq vaqtdan beri istiqomat qilayotgan çet elliklarga bunday maslahatni mamlakat Boş vaziri va Içki işlar vaziri Anuthin Çanvirakun bergan.
“Yaqinda men (çet elliklardan — tahr.) hatto xususiy qabriston taşkil etiş böyiça sörov tuşganidan xabar topdim. Bu endi haddan taşqari ortiqça, hamma çegaralardan çiqib ketişdir. Bu yerga kelişingizga ruxsat berganimiz uçun minnatdor bölişingiz kerak.
Halol mehnat qilib daromad topiş uçun keling. Agar ölişingiz peşonangizga yozilgan bölsa, öz vataningizga borib öling. Bu yerda ölişning hojati yöq. Bizni suiisteʼmol qilişga urinmang”, deydi Çanvirakun Tailand provintsiyalari gubernatorlari bilan ötkazilgan yiğilişda.
Boş vazir, şuningdek, çet elliklar hokimiyat ruxsatisiz Tailand hududida öz xohişi bilan diniy muassasalar va jamoalar tuzmasligi, ayniqsa “restoran uçun litsenziya olib, uning örniga ibodatxona oçmasligi” kerakligini qöşimça qilgan.
U öz provintsiyalari hududida çet el fuqarolarining noqonuniy faoliyatiga, şuningdek, çet elliklarning Tailand anʼanalari va xalqiga hurmatsizlik qiliş holatlariga qatʼiy çek qöyişni buyurgan.
“Tailand çet elliklarni qabul qilişga tayyor, ammo hamkorlik özaro manfaatli bölişi kerak. Turizm mamlakatga mablağ va investitsiyalar olib keladi, ammo bu heç kimga boşqalarni suiisteʼmol qiliş yoki investitsiyalardan noqonuniy faoliyat yuritiş uçun foydalaniş huquqini bermaydi”, degan Boş vazir va mamlakat hududida biznes taşkil etişda Tailand fuqarolaridan soxta şaxslar (nomdor aʼzolar) sifatida foydalaniş ham şunday faoliyatga kirişini tuşuntirgan.
U gap faqat bir mintaqa emas, balki har xil mamlakatlar, jumladan, Osiyo, Yaqin Şarq, Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlaridan kelganlar haqida ketayotganini qöşimça qilgan.
Naşrning qayd etişiça, joriy hafta boşida Tailand rasmiylarining farmoyişi bilan ikki yil oldin taşkil etilgan va mahalliy maʼmuriyat tomonidan qabriston litsenziyasi uzaytirilmagan xususiy yahudiy qabristoni tugatilgan.
Maʼlumot uçun, Tailand aholisining köpçiligi buddaviylikka eʼtiqod qilişi va uning anʼanalariga köra marhumlarning jasadi kuydirilişi (krematsiya qilinişi) sababli mamlakatda qabristonlar juda kam. Mavjud qabristonlarning aksariyati musulmon va xitoy qabristonlari. Şuningdek, qirollikda bir neçta rasmiy nasroniy qabristonlari, jumladan, katolik va protestant qabristonlari, şuningdek, pravoslav monastiri huzurida bitta rus pravoslav qabristoni mavjud.









