Töyga borib yöqolib qolgan qizçaning jasadi topildi

Töyga borib yöqolib qolgan qizçaning jasadi topildi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 yoşli bola quduq içiga tuşib ketib, vafot etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinişiça, 26 sentyabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga uşbu tumanda yaşovçi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25 sentyabr kuni soat 16:00 larda Urgut tumanining «Beşkapa» MFY hududida joylaşgan töyxonaga 2018 yilda tuğilgan nabirasi bilan borganligini va biroz vaqtdan söng qizça yöqolib qolganini bayon qilib, uni topişda amaliy yordam söragan.

Arizaga asosan, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvçi organlari va jamoatçilik iştirokida keng kölamli qidiruv tadbirlari amalga oşirildi.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 30 sentyabr kuni mazkur mahalladagi, xuddi öşa töyxona atrofida bölgan içimlik suvi qazib olişga möljallangan 8 metrli quduq içidan bolaning jasadi topilgan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. 


×